Jurnalistlarning “Rossiya – Ukraina urushi tugashiga ishonchingiz komilmi?” degan savoliga Tramp “Bilmayman”, deya javob berdi. Saylov oldi kampaniyasi davomida u bir necha bor prezidentlik faoliyatining birinchi kunidayoq urushni tugatishga va’da bergan edi. Saylanganiga yarim yil bo‘lsa-da, bu ziddiyatni bartaraf eta oladimi yoki yo‘qmi, o‘zining ham ishonchi komil emas. “Politico” nashri Trampning ayni javobidan hayratini yashira olmagan.

Keyinchalik u “Time” jurnaliga bergan intervyusida bunday demaganini aytib, va’dasini inkor qildi.

– Ko‘p mamlakatlarga yordam berdik, – degan Amerika yetakchisi. – Ukraina bilan bog‘liq hozirgi vaziyat Baydenning ishi, Trampning emas. Shunday bo‘lsa-da, men urushni tugatishga harakat qilyapman.

Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilishga urinmoqda, biroq Moskvada murosaga kelish istagi yo‘qligidan hafsalasi pir bo‘lgan. Shundan so‘ng boshqa aralashmasligini aytib, tomonlarga tahdid qilib ham ko‘rdi. O‘tgan hafta u Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi. Rossiya yetakchisi bilan suhbati, o‘z ta’biri bilan aytganda, hech qanday natija bermadi:

– Prezident Putin bilan suhbatdan juda noroziligimni avval ham aytgandim. U oxirigacha borishni xohlayapti, shunchaki odamlarni o‘ldirishda davom etmoqchi – bu yaxshi emas.

Zelenskiy qo‘ng‘iroqdan so‘ng Tramp bilan “juda muhim va samarali suhbat” kechgani, Ukraina havo mudofaasi, birgalikda qurol ishlab chiqarish, “o‘zaro xarid va investitsiya” masalalari muhokama qilinganini aytdi.

Tramp ham o‘z navbatida, “Suhbatimiz samarali bo‘ldi”, dedi.

AQSH Mudofaa vazirligi shu hafta Ukrainaga zarur va muhim o‘q-dori, jumladan “Patriot” raketalari yetkazib berishni to‘satdan to‘xtatdi. Uchrashuvda buning sababi so‘ralganda Tramp quyidagi javobni bergan:

– To‘xtatganimiz yo‘q. Juda ko‘p qurol berganmiz, hozir jo‘natyapmiz. Bu borada hamkorlik davom etyapti.

Xullas, aniq savollarga mujmal javoblar.

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Va’daga vafo qani?