Televizor pultini qo‘lga olib, qaysi telekanalga yuzlanmaylik, 30 daqiqalik serial, kino yoki ko‘rsatuv ichiga bir emas, 2-3 marotaba reklama joylanganiga guvoh bo‘lamiz.

Xo‘sh, qonunda televideniyega reklamalarni joylashtirish tartibi qanday? 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, televideniyeda davlat tadbirlari va marosimlari namoyishi davrida reklamalar joylashtirilishi taqiqlanadi. Shuningdek, qonunchilikka ko‘ra, telekanal orqali reklama va reklama haqidagi anons, shu jumladan teledastur anonsi tovushining balandligi darajasini reklama va reklama haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan teledastur va teleko‘rsatuv tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash ham taqiqlab qo‘yilgan. 

To‘g‘ri, televideniye reklama hisobidan daromad ko‘radi. Reklama beruvchilar esa teleekran oldida eng ko‘p tomoshabin to‘planadigan ko‘rsatuvlarga reklama berishga intilishadi va bu orqali o‘z mahsulotlari va xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni iloji boricha ko‘proq auditoriyaga yetkazishga harakat qilishadi. Ammo, bu borada qabul qilinayotgan qonunlar tomoshabinning huquqini ham belgilab bermaydimi? 

Tahlillarga ko‘ra,  iste’molchi muammolarining 10,2 foizi reklama hamda boshqa masalalar hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Qayd etish lozimki, efirga berilgan har bir reklamalar tovarlar, ish va xizmatlar haqida bo‘lishidan qat’i nazar “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga javob berishi shart. Reklamalar inson hayoti, sog‘ligiga xavf solmasligi zarur. Sababi tovushi bir me’yorda namoyish etilayotgan ko‘rsatuvlar, filmlar, seriallar va boshqalarning reklamalari haddan ziyod shovqinli bo‘lib, tomoshabinlarni turli holatlarga solishi mumkin. 

Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning (shu jumladan teledo‘kon reklamasi kabi reklamaning) umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada ko‘rsatuv vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Davomiyligi o‘n daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni ham reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu bilan birga, sport musobaqasining (shu jumladan sport bellashuvlari, o‘yinlari, janglari, poygalarining) jonli efirdagi yoki yozib olingan holdagi namoyishi, agar telekanalning huquq egasi bilan tuzilgan shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, faqat sport musobaqalari jarayonidagi tanaffuslarda yoki ular to‘xtatib turilgan vaqtda reklama bilan, shu jumladan homiylik reklamasi bilan uzib qo‘yilishi mumkin. 

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, teleko‘rsatuvlar namoyish qilinayotganda reklama maqsadlarida harakatlanuvchi satrdan foydalanish, (bundan reklama bloki vaqtida foydalanish mustasno) teleko‘rsatuvlarga videoplashkalarni (teleko‘rsatuv namoyishi vaqtida ko‘rinib qoladigan tijorat axborotini) joylashtirish (bundan reklamaning o‘zini, shuningdek reklama huquqi asosida efirga chiqariladigan ko‘rsatuvni namoyish etish vaqti mustasno)  taqiqlanadi. 

Dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi, olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek, alohida shaxslarning minnatdorligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan foydalanishga ham ruxsat etilmaydi. 

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasida ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish ham taqiqlab qo‘yilgan.

Energetik ichimliklarning reklamasida esa har bir holda, bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak.  

Ijtimoiy tarmoqlarda inson sog‘ligi uchun shifobaxsh hisoblangan mahsulotlar reklamasi ko‘p uchraydi, bunday reklamalar haqiqatga qanchalik yaqin? 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, vazn yo‘qotish uchun mo‘’jizaviy dorilar yoki yuz terini yoshartiradigan krem reklamalari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarning qiziqishlariga qarab (qidiruv tizimga berilgan so‘rovlar, xeshteg, obuna orqali) paydo bo‘ladi. Ya’ni, reklama beruvchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali maqsadli auditoriyani yengil topa oladi va bundan foydalanib, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni reklamada joylashtiradi. 

Soha mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga internet tarmog‘ida soxta reklamani farqlash bo‘yicha bir qator tavsiyalar taklif etiladi. Xususan, mahsulotni kim ilgari surmoqda, kompaniya rasmiy manzili yoki bog‘lanish uchun aloqalari mavjud ekanligiga hamda tashkiliy-huquqiy shakliga albatta e’tibor qaratish lozim.  

Agar reklama noan’anaviy formatga ega, tasvirlari sifatsiz bo‘lsa, yozuvlarda imlo va grammatik xatolar mavjud bo‘lsa, demak ushbu reklama soxta. Iste’molchi so‘z o‘yinlariga uchmasligi, tez boylik orttirish, sog‘liqni yaxshilash va shu kabi balandparvoz iboralarga ishonmasligi kerak. 

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash qonun bilan kafolatlangan. Iste’molchilar haq-huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzundan-uzun va zerikarli reklamalar: televideniyega reklama joylashtirish tartibi qanday?