Andijondagi avtomobillarga yoqilg‘i va gaz quyish shoxobchalarida uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelgan.

Andijon viloyatida qariyib bir oydan buyon gaz zapravkalarda uzundan uzun navbatlar yuzaga kelgan,  haydovchilar, xatto sutkalab gaz quyish uchun navbatda turib kelishmoqda. bugungi kunda ham bu holat davom etmoqda.  

Mana bir necha kundirki, endi Andijonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, ayniqsa, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli shoxobchalarda AI- 80 markali benzin uchun ham  shunday navbatlar yuzaga kelgan.  

So‘rab-surishtirilganda, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzinning bir litri 5700 so‘m, hatto, ba’zi shoxobchalarda (Andijon shahri, Furkat kuchasi boshlanishidagi “Xon” zapravkasi)  5600 sum ham sotilmoqda. Lekin uzundan uzun navbatlar mavjud.  

Ushbu zapravkalarda, shu jumladan, eng yirik “Uzgazoyl” tegishli  Andijon shahridagi zapravkalarda xam  benzin doimiy ravishda sotilayotgani yo‘q. Ertalab soat 8-9 larda limit bo‘yicha olib kelingan benzin sotilishi boshlanmoqda, ma’lum vakt 3-4 soat sotilganidan keyin AI- 80 benzin tugadi, deb sotilishi  to‘xtatilmoqda. Agar zapravkaga kun davomida AI- 80 benzin yana olib kelinsa, sotilmoqda.  

Zapravkalar mutasaddilari ajratilayotgan AI-80 markali benzin zapravkalarga kelishi bilan to‘xtatilmasdan sotilyotganligi, fakat ayni kunda narxi arzonlagani uchun ushbu benzinga talab yuqoriligi uchun tezda tugab qolayotganligini ta’kidlamoqda.  

Xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar ko‘p emas, lekin AI-80 markali benzin 6800-7000 so‘m narxda sotilmoqda. Aksariyat zapravkalarning kirish qismiga “AI- 80 benzin yuq” degan yozuv ilib qo‘yilgan. Masalan, Andijon, Andijon shahri  Qal’a, O‘sh  ko‘chalaridagi zapravkalarda men borganimda shunday yozuvlar bor edi.  

Nima uchun AI-80 markali benzin yo‘q degan savolga, mutasaddilar limitimiz oz, tezda tugab qolmoqda, degan javobni aytmoqda.  Narxining yuqori – 6800-7000 ming so‘mdan sotilayotganligiga esa xususiy zapravkalarga AI-80 benzin arzonlashtirilgan narxlarda berilmayotganligini aytishmoqda.  

Hukumatga taklif kiritilsa, davlat, xususiy zapravkalarni ajratmasdan hammaga bir xil narxda berishni yo‘lga qo‘yish lozimligini aytish kerak. Ochig‘i, AI-80 benzin bilan bog‘liq jarayon “bardak” bo‘lib ketyapti, birorta vakolatli idoraning nazorat qilayotgani sezilmaydi.  

Prezidentimiz kuni kecha o‘tkazilgan yigilishda “AI-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi bejiz aytmaganligini bugungi jarayonlar yana bir bor ko‘rsatmoqda. Ya’ni mazkur jarayonga o‘yinga aylanib bormoqda.  

Aholi bilan suhbatlarda barcha kishilar mazkur jarayon qat’iy nazoratga olinishi, belgilangan tartiblarga amal qilmaganlarga qat’iy choralar ko‘rilishi ham xususiy, ham davlat zapravkalarida AI-80 benzin bir xil narxda sotilishini yo‘lga qo‘yilishi kerak, degan fikrni bildirmoqda.  

Viloyatda boshqa markadagi benzinlar bemalol sotilmoqda. Ularga deyarli navbatlar yo‘q.  

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzundan uzun navbatlar qachon tugaydi?