“Uzumzor” – Qo‘qonning obod manzili
FOTOREPORTAJ
Qo‘qon shahridagi «Uzumzor» MFY «Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla» mezoni asosida amalga oshirilgan keng qamrovli yangilanishlar tufayli qisqa vaqt ichida g‘oyatda fayzli, zamonaviy manzilga aylandi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov sektor rahbarlari bilan mazkur mahallada bo‘lib, bu yerdagi qator ob’ektlarning ochilish tadbirida ishtirok etdi.
[gallery-19236]
Yangi barpo etilgan mahalla binosining ochilishida so‘zga chiqqan viloyat hokimi mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyaning amaliy tasdig‘ini har bir yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rib turganini ta’kidladi. Ushbu mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi islohotlarga yana bir yaqqol misol ekanini aytib, uzumzorliklarni yangi inshootlar bilan tabrikladi.
3 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan “Uzumzor” ko‘p qavatli uylar ta’mirlandi, elektr, tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilandi. Yangi mahalla binosidan tashqari tibbiyot punkti xizmat ko‘rsatish majmualari va kutubxona, mahalla servis kompaniyasi tashkil qilindi.
Mehmonlar mahalla binosi, tikuvchilik sexi, servis kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada fayzli kechdi.
Muqimjon QODIROV(surat),
O‘zA fotomuxbiri