O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 26 avgustdagi “Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBITI da Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha ishtirokchilarni saralab olish sentyabrda amalga oshirilgan.

bugungi kunda loyihada 90 ga yaqin mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Loyihaning 1- va 2-bosqichi yakuniga ko‘ra, 22 ta fan o‘qituvchilari va umumta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari zamonaviy ishchi o‘quv reja va dasturlari, maktablarda nizolarni hal qilish va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, o‘quvchilarni xavf guruhidan chiqarish uchun maktab o‘qituvchilari va psixologlari malakasini oshirish yuzasidan maxsus dasturlar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish” asosida xalq ta’limi rahbar va pedagoglari uchun “Kelajak maktabi liderlari” maqsadli kurslari ishchi o‘quv dasturlari (30 soatlik o‘zbek tilida) ishlab chiqilgan.

Loyihaning keyingi bosqichida “Kelajak maktabi liderlari” maqsadli kurslariga xalq ta’limi tizimidagi yangicha fikrlaydigan yoshlar orasidan 30 nafar rahbar va pedagog xodimni saralash ishlari tashkil etiladi.

“Kelajak maktabi liderlari” maqsadli kurslarini o‘tkazish uchun Mfaktor MCHJ rahbarlari Hasan va Husan Mamasaidovlar bilan muzokaralar olib borildi. Natijada mazkur kurslarga respublikamizdagi ko‘zga ko‘ringan spikerlar asaxiy.uz asoschisi F.Allayev, “Najot ta’lim” MCHJ va “Osmondagi bolalar” loyihalari asoschisi T.Adxamov, “Yuksalish liderlar akademiyasi” asoschisi M.Eshonqulov ishtirokini ham ta’minlash va “Kelajak maktabi liderlari” kursini yanada nufuzli qilib o‘tkazish rejalashtirildi.

Bundan tashqari loyiha doirasida umumta’lim maktablaridagi ta’lim muhitini baholash bo‘yicha TALIS xalqaro tadqiqotlari o‘rganildi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi muhitni o‘rganish bo‘yicha 11 ta yo‘nalishda 49 ta bo‘limdan iborat so‘rovnoma shakllantirildi. So‘rovnomada respublikamiz bo‘yicha jami 12 446 nafar xalq ta’limi tizimidagi rahbar va pedagog xodim ishtirok etdi. So‘rovnoma natijalari asosida tahliliy ma’lumot tayyorlandi va TALIS xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma hamda tadqiqotning O‘qituvchi va maktab direktorlarini uzluksiz tayyorlash bo‘yicha hisoboti tayyorlandi.

Muyassar Jumaniyazova,

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti matbuot kotibi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022”: loyiha doirasidagi ishlar tahlili