Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi tomonidan agentlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Respublikaning jami 44 892,4 million gektar yer maydonidan 43,2 million gektari (96,2 foizi) “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi”da elektron xaritasi yaratilib, "UZKAD" tizimiga kiritildi.  

Joriy yilning 6 oy mobaynida axborot tizimida jami 1,63 million gektar yer uchastkalari hisobga olindi hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Qayd etilishicha, 9 ta yo‘nalishda jami 2 492,9 ming gektar yer maydonini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilangan. Joriy yil 6 oyi mobaynida "UZKAD" tizimi orqali 2 039,5 ming gektar yoki 82 foizi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

[gallery-18510]

Respublikamizda jami ko‘chmas mulk ob’ektlari 8 439,7 mingtani tashkil etib, yil boshiga (8 338,5 mingta) nisbatan +101,2 mingtaga oshgan. Bugungi kunda 608 ming 484 ta (93,6 foiz) noturar ob’ektni axborot tizimiga migratsiya qilish jarayonlari yakunlandi. Shuningdek, 6 oy mobaynida 166 ming 215 ta ob’ektga kadastr hujjatlari qayta rasmiylashtirilgan hamda 54 ming 546 ta yangi hujjatlar shakllantirilgan.  

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, 6 oy davomida kadastr idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari 1 million 391,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 150 foizga oshgan.  

Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha murojaatlar soni 499 ming 908 tani tashkil etadi.  

Geografik ob’ektlarning nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun 32 ming 497 ta taklif kelgan. Shundan, qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topilgan takliflar 15 ming 769 ta, qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lgan takliflar 16 ming 728 ta yoki 51,5 foizni tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari kengash qarorlari bilan tasdiqlangan 11 ming 67 ta geografik ob’ektning nomlari davlat reyestriga kiritildi.  

Davlat kadastrlari palatasiga 6 oy davomida jami 54 ming 587 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu hujjatlar belgilangan tartibda ijrosi to‘liq ta’minlandi. O‘tgan yilga nisbatan murojaatlar soni 11 ming 991 taga oshgan.  

Shuningdek, Rais va rais o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida hududlarda 165 marotaba sayyor qabullar o‘tkazildi va qabuldagi murojaatlar o‘rnatilgan tartibda hal etildi.  

Sh.Mamaturopova,

Oybek Pardayev (surat)  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“UZKAD” tizimi orqali 6 oyda 82 foiz yer maydoni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi