Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metan negizida suyuq sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad tabiiy gazni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, uglevodorod xomashyosi importini qisqartirish, ichki bozorda sifatli va ekologik toza yoqilgʻiga boʻlgan talabni qondirish, respublikamizda mavjud yer osti boyliklaridan unumli foydalanishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan negizida suyuq sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori asosida amalga oshirilayotgan loyihaning taʼsischisi “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va loyiha ijrochisi “Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyati hisoblanadi.

“Uzbekistan GTL” loyihasi “Oʻzbekneftgaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Xitoy, Koreya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning moliyaviy institutlari tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Joriy yilning 24-oktyabr kuni Energetika vazirligi va “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi hamkorligida “Uzbekistan GTL”dagi qurilish ishlari hamda ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari loyiha masʼullari va ishchilar bilan suhbatlashib, pandemiya sharoitida bu yerda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar yashash joyi, oshxona va tibbiyot klinikalari faoliyatini oʻrgandi.

Loyiha yuzasidan 135 gektardan ziyod maydonda davom etayotgan qurilish ishlari 91 foiz yakunlangan. Jumladan, zavodda materiallar, texnologik uskuna va jihozlarni qurilish maydoniga yetkazish ishlari deyarli yakuniga yetmoqda.

Mazkur zavod qurilishi uchun dunyoning 24 mamlakatidagi 129 ta korxona tomonidan 11 minga yaqin texnologik uskuna, jihoz va qismlar ishlab chiqarilgan. Bunday ulkan bunyodkorlik ishlariga 12 ming quruvchi, muhandis va mutaxassis jalb qilingan. Ular loyihani sifatli va namunali bajarishda 750 dona ogʻir va maxsus qurilish texnikasidan unumli foydalanmoqda.

– Loyihaning umumiy qiymati 3,61 milliard dollarni tashkil etadi, – dedi “Uzbekistan GTL” kompaniyasi bosh direktori Faxriddin Abdurasulov. – Loyiha ishga tushgach, 1300 ish oʻrni yaratiladi. Zavodda yiliga 3,6 milliard kub metr gaz chuqur qayta ishlanib, jahon standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlar transport sohasi uchun toza ekologik kelajakni taʼminlaydi hamda iqtisodiyotning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadi.

Zavod “Sasol” (Janubiy Afrika), “Xaldor Topse” (Daniya) va “Shevron” (AQSH) kompaniyalari texnologiyasi asosida barpo etilayotir. Koreya Respublikasining “Hyundai Engineering Co. Ltd.” va “Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd”, Singapurning “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyalari qurilish ishlari bosh pudratchisi hisoblanadi. Loyihaning yana bir eʼtiborli jihati, uning qurilishida 80 foiz mahalliy ishchi va malakali mutaxassislar jalb etilganidadir. 20 foizi esa Yaponiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Rossiya, Hindiston, Filippin va boshqa davlatlarning malakali mutaxassislaridan iborat.

Ushbu zavod kelajakda mamlakatimiz istiqboli uchun muhim strategik obyekt boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda. Negaki, u Janubiy Afrika, Malayziya va Qatar kabi davlatlardagi “gazdan – suyuqlikka” texnologiyasi boʻyicha sanoqli yuqori texnologik zavodlar qatoridan joy oladi. Shu bois, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan zavodni ishga tushirish va boshqarish uchun boʻlajak kadrlarni tayyorlash borasida maxsus dastur ishlab chiqilgan boʻlib, 2017-yildan Toshkent, Buxoro va Qarshidagi oliy taʼlim muassasalarining eng iqtidorli, bilimi kuchli bitiruvchi talabalari saralanmoqda.

– Yil yakuniga qadar zavodning energiya resurslari bilan taʼminlash, yaʼni suv, bugʻ, texnik havo ishlab chiqarish texnologik uskunalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Zavodni boshqarish markaziy pultida toʻliq sozlash ishlari “Honeywell” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Ushbu markaziy boshqaruv pulti orqali zavodning barcha texnologik jarayonlari va ishlab chiqarish tizimi nazorat qilinadi va boshqariladi, – dedi “Uzbekistan GTL” kompaniyasi mutaxassisi Shohrux Xolmatov.

Zavodning markaziy laboratoriyasini jihozlash ishlari ham yakunlanmoqda. Muhimi, undagi bitta yirik va yana uchta laboratoriya eng ilgʻor va zamonaviy uskunalar bilan jihozlanayotir. Bu kabi ishlar esa 2021-yilda ushbu ulkan zavodning mahsulot ishlab chiqarishni boshlashiga puxta zamin yaratadi.

Har bir ishning oʻziga yarasha murakkabligi boʻladi. 12 ming nafar quruvchi, muhandis va mutaxassis mehnat qilayotgan jamoani boshqarish oson emas. Ayniqsa, butun dunyoni koronavirus balosi iskanjaga olgan bir paytda ushbu qurilish maydoniga uning taʼsiri sezilmasligining iloji yoʻq. Joriy yilning 21-oktyabr kuni “Uzbekistan GTL” zavodining qurilishida ishtirok etayotgan “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi quruvchilari norozilik bildirib, namoyish qilgani hamda ularning tartibsizliklari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, xabarlarda ishchilarning uch-toʻrt oydan buyon ish haqi olmagani va nonushtasiz qolgani bunga sabab sifatida keltirilgan edi.

Aslida, voqea qanday boʻlgan, chindan ham ishchilar och qolishi yoki ish haqi olmasligi norozilikka sabab boʻlganmidi?

Press-tur ishtirokchilarining savoliga “Uzbekistan GTL” kompaniyasi bosh direktori F.Abdurasulov quyidagicha javob berdi.

– Barchaga maʼlum, mamlakatimizda pandemiya sabab karantin qoidalari joriy qilindi, – dedi F.Abdurasulov. – Bu tartibga qurilish maydonida ham amal qilish shart edi. Joriy yilning 7-iyul kuni ishchi-xodimlarimizda koronavirus aniqlangani bois, oʻsha kundan boshlab bu yerda qatʼiy chora-tadbirlar koʻrildi. Kirish-chiqishni qattiq nazoratga oldik. Ishchilarimiz biroz uzoq muddat qurilish maydonida boʻlgani ularni ruhiy toliqtirdi. Oʻz navbatida, bu jarayonda ayrim kamchiliklar yuzaga kelgani ham sir emas. Keyin bir vaqtning oʻzida 12 ming odamni qurilishda ushlab turish katta masʼuliyat hamdir. Hozir ishchi-xodimlarning talab va taklifi “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi rahbariyati tomonidan oʻrganilib, yoʻl qoʻyilgan barcha xato va eʼtiborsizliklar bartaraf etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ish haqi masalasiga kelsak, bu notoʻgʻri maʼlumot.

 Uch oylik yoki undan koʻp muddat deyilgani umuman haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Qurilish maydonida ish haqi ikki tartibda, yaʼni bajarilgan ish hamda shtat boʻyicha toʻlanadi. Bajariladigan ish boʻyicha faqat sentyabr oyida qabul qilib olish jarayoni choʻzilgan va shu sabab ushbu oyning ish haqi biroz kechikkan. Bu yerda ishni topshiruvchi va qabul qiluvchilarda xatolik kuzatilgan. Shuningdek, bu holatning yuzaga kelishida har bir qurilish obyekti masʼullarining mavjud holat haqida vaqtida xabar bermagani ham sabab boʻlgan. Ishchi-xodimlar ish haqi “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi tomonidan toʻlanadi. Ularning bir oylik maoshi 43 milliard soʻmni tashkil etadi. Ularga sentyabr oyi uchun ana shu miqdordagi mablagʻ toʻliq toʻlab berildi. Hozir ushbu voqea jarayonida yetkazilgan zarar tegishli idoralar tomonidan oʻrganilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, qurilish maydonida ishchi-xodimlar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Jumladan, ishchilar shaharchasi, 10 ta oshxona va uchta klinika mavjud. Klinika shifokorlari jamoaning sogʻligʻini muntazam tibbiy nazoratga olgan. Pandemiya sharoitida poytaxtdan shifokorlar jalb etildi.

Press-tur doirasida “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi maʼmuriy direktori Timur Abdullayev ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

– Oʻsha kuni nima boʻlganidan hamma xabardor, albatta, – dedi T.Abdullayev. – Voqea sabablarini tegishli organ xodimlari oʻrganmoqda. Fikrimcha, ishchilar ruhan charchagan edi. Ular yozda ogʻir vaziyatni boshdan oʻtkazdi. Iyul oyida ishchi kuchi kamayib, qurilish maydonida 800 odam qolgandi. Uyda ishchilar ishsiz va pulsiz boʻldi. Avgust oyida zavodda qurilish jarayonini tikladik. Ishchilar oʻz ish joyiga qayta boshladi. Biz karantin talablari boʻyicha ish tartibini yoʻlga qoʻydik. Ayni kungacha shu tartibga amal qilinmoqda. Tekshiruv jarayonida ishchilar orasida koronavirusga chalinganlar boʻldi va ularni kompaniya mablagʻi hisobidan davoladik. Pandemiya boshlangandan hozirgi kungacha quruvchilarimizdan koronavirus uchun 43 ming analiz olinib, kompaniya tomonidan faqat analiz uchun 7,5 milliard soʻm sarflandi. 12 milliard soʻmlik dori-darmon sotib olindi.

Bu yerda mehnat qilayotgan ishchilar bilan boʻlgan suhbatimizda ular Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan obyekt qurilishida ishtirok etayotganidan mamnun ekanini bildirdi.

– Toshkent shahridan kelib, shu zavod qurilishida ishlayapman, – dedi brigada boshligʻi Zokir Toʻlaboyev. – Bu yerda mavjud ish tartibidan nolimayman. Oylik maoshim 5-6 million soʻm.

Bugun barchamiz pandemiya sharoitida yashab, mehnat qilyapmiz. Koronavirus yashash tarzimizni oʻzgartirib yubordi. Biz kabi bu holat “Uzbekistan GTL” loyihasida qatnashayotgan ishchilar hayotiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Shunga qaramay, qurilish maydonida mehnat qilayotgan “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasining 7 ming nafar ishchi-xodimi va kompaniya qoshidagi 13 dan ortiq jamoaning maqsadi yana-da ulkan. Ular har bir ishni puxta bajarib, mazkur yirik loyihani oʻz muddatida yakunlashni niyat qilmoqda.

photo_2020-10-27_13-10-48.jpg

photo_2020-10-27_13-10-49.jpg

photo_2020-10-27_13-10-50.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“UZBEKISTAN GTL”: qurilish maydoni, pandemiya, talab va natija
Жамият
13:14 / 27:10:2020