"Uzbekistan Global Tour" musobaqasida chavandozlar saralandi
Poytaxtimizda ot sporti bo‘yicha "Uzbekistan Global Tour" musobaqasining ilk bosqichi yakunlandi.
Toshkent shahrida ot yo‘rttirish yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour” musobaqasining 1-bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada bolalar o‘rtasidagi majburiy dastur bo‘yicha Sagdiana Shaymardanova «Beniamino Di Fortuna» laqabli ot bilan birinchi o‘rinni egalladi. Boshlang‘ich darajadagi chavandozlar o‘rtasida Yeva Koledinskaya («Toshkent») g‘olib bo‘ldi. Shu toifaning “FKS SPb №1.4” manej yo‘nalishida Yeva Ivanova («Akdam») chempionga aylandi.
Yoshlar o‘rtasidagi “NELPRO 6” dasturida Laziza Karimova («Eshton Valley») g‘olib bo‘ldi. Madina Abdurahmonova («Garpus») ikkinchi, Robiya Kazimova («Varley») uchinchi natijani qayd etdi. Havaskorlar yo‘nalishida Arina Panova («Senator») birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Mariya Gafurova («Paseka») ikkinchi, Mumtozbegim Abdurahmonova («Brabus») uchinchi bo‘ldi.
Kattalar o‘rtasida “FEI Challenge Cup” bo‘yicha Feruza Abdullayeva («Lider») g‘olib deya e’tirof etildi. Yevdokiya Kemalova («Eltino Ji») va Darya Moseva («Van Xelsing») kuchli uchlikdan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA