“Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalari mutasaddilari tomonidan Andijon shahrida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi va 2021 yil 19 iyuldagi yig‘ilish bayonnomalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Sayyor qabul Andijon shahridagi “Chinor” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda joylardagi aholi va fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Aviakompaniya faoliyati, parvozlar tartibi, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, xizmat sifati hamda ichki turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan qator masalalar joyida hal etildi.

[gallery-25867]

– Mamlakatimizda aviatsiya sohasini rivojlantirish, havo qatnovlarining barqaror va qulay bo‘lishini ta’minlash asosiy vazifalarimizdan biridir. Joriy yilda jami 24 850 ta parvoz amalga oshirilib, 4 million 368 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi, – deydi “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuxrat Yadgarov.

Uning ta’kidlashicha, Farg‘ona vodiysidagi yo‘lovchilar talabidan kelib chiqib, Andijon xalqaro aeroportidan xalqaro va ichki parvozlarni tiklash bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilingan.

Joriy yil noyabr oyidan boshlab Andijondan Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg va Novosibirsk shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. Shuningdek, Toshkentga muntazam ichki reyslar yo‘lga qo‘yilib, “Silk Avia” kompaniyasi tomonidan haftasiga ikki marta qo‘shimcha parvozlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu o‘zgarishlar nafaqat aholi uchun qulaylik yaratadi, balki hududiy turizm va ishbilarmonlik aloqalarini ham rivojlantiradi.

Aytish joizki, “Uzbekistan Airways” aviaparki joriy yilda 6 ta zamonaviy havo kemasi 2 ta Airbus A320neo, 2 ta ATR-72 hamda 2 ta LET-410 samolyoti bilan boyitildi. Bu esa parvozlar sifatini va xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Kompaniya tomonidan bir qator xalqaro yo‘nalishlar ham ochildi. Jumladan, Toshkentdan Sanya, Fukuok, Hanchjou, Goa, Hurgada, Maxachqala, Nyachang, Islomobod, Madrid va Tyumen shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yildi. Rim, Mumbay va Laxor yo‘nalishlari qayta tiklandi.

Bundan tashqari, kompaniyaning o‘quv-mashg‘ulot markazida yetuk mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2024 yil bitiruvchilari Boeing 767 havo kemasida ikkinchi uchuvchi sifatida ish boshlagan bo‘lsa, 2025 yil bitiruvchilari Airbus hay’ati tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Yangi parvozlar Andijon va Farg‘ona vodiysi aholisiga xavfsiz, qulay va iqtisodiy samarali sayohat imkonini taqdim etadi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Airways”AJ sayyor qabul o‘tkazdi