Har yili 145 mingta turar joyga bo‘lgan talabni qondirish uchun 2019-2023 yillar davomida o‘rtacha 60 mingta, 2024 yilda esa 100 mingta yangi turar joylar qurilgan bo‘lib, bu borada o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun qo‘shimcha yer resurslari talab etilmoqda.

Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha 42 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, ularning 17 mingtasi 2-3 qavatli hisoblanadi. Bu uylarning 343 tasi foydalanish muddatidan o‘tgan, ya’ni texnik jihatdan yaroqsiz hisoblanadi. Elektr, suv ta’minoti eskirgan, ayrimlarida oqova suv tarmog‘i ham mavjud emas. Hojatxonalari umumiy yoki uy tashqarisida joylashganlari ham yo‘q emas. Ammo shunga qaramay, bu uylarda aholi vakillari yashashda davom etmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, 17 mingta 2-3 qavatli uylar o‘rnida 7-9 qavatli 13,5 mingta zamonaviy uy-joy qurish imkoniyati mavjud. Bu esa hozirgi hududda taxminan 3 barobar ko‘p aholini uy-joy bilan ta’minlash mumkin. Yangi quriladigan uylar esa zamonaviy, barcha sharoitlarga ega holda, energetik va infratuzilma resurslarini tejagan holatda barpo etiladi.  

Bu sohada yagona qonun hujjati mavjud emas edi. Shundan kelib chiqib, jamoatchilik va soha mutaxassislari ishtirokida “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat loyihasi parlament quyi palatasining bugungi majlisida birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, loyihada shaharsozlik renovatsiyasi asoslari va maqsadlari, majburiy shartlari, asosiy prinsiplari, renovatsiya bosqichlari, bu borada loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, sohada davlat boshqaruvi asoslari belgilanmoqda.

Shuningdek, shaharsozlik renovatsiyasi loyihasini boshlash uchun barcha huquq egalari bilan notarial tartibda kelishuv bitimi imzolanishi belgilanyapti. Ya’ni, hech kim renovatsiyada ishtirok etishga majburlanmasligi hamda renovatsiya ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi mustahkamlanmoqda.

Qonun loyihasida aynan qaysi hududlar renovatsiya qilinishi mumkinligiga doir aniq mezonlar belgilanmoqda. Ya’ni, hududning bosh rejasida renovatsiya hududi sifatida e’tirof etilgan bo‘lishi, uy-joylar yashash uchun butunlay yaroqsiz holda bo‘lishi va aholining ijtimoiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar mavjud bo‘lishi hududning renovatsiya qilinishiga asos sifatida belgilanmoqda.  

Albatta, renovatsiya dasturi loyihasi renovatsiyaga tushadigan uy-joy mulkdorlarining roziligiga asoslanishi hamda keng jamoatchilik muhokamalaridan o‘tkazilishi lozim. Bu borada renovatsiyaga mahalliy hokimlik, shu hudud aholisi va investorlar taklif kiritishi mumkinligi, buning uchun esa o‘sha hududning kamida 80 foiz aholisining roziligi notarial tasdiqlangan bo‘lishi shartligi o‘z aksini topgan. Taklif kiritilgandan so‘nggina loyiha ishlab chiqiladi. Mulkdorlarning roziligisiz buzishlarga va qurilishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Mulkdorlar uchun uch xil kompensatsiya shakllari nazarda tutilmoqda. Birinchisi, renovatsiya hududining o‘zidan turar yoki noturar joy berish, ikkinchisi, boshqa hududdan joy berish va uchinchisi, uyning bozor qiymatidagi bahosida pul to‘lash.  

Bundan tashqari, ijarada yashab turgan aholi vakillari uchun ijara puli to‘lab beriladi. Har bir mulkdorga o‘zining mulki bozor qiymatining qo‘shimcha 12 foizi miqdorida bir martalik tovon puli ham to‘lanadi.  

Renovatsiya qurilish muddati 2 yil etib belgilanmoqda. Agar quruvchi 2 yilda qurib ulgurmasa, kechikkan har bir kun uchun mulkdorlarga mulk qiymatining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi.  

Shuningdek, har bir loyiha bo‘yicha alohida direksiya tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. Agar qurilish yakunlanmay qolsa yoki cho‘zilib ketsa, yangi investor jalb etilib, yakuniga yetkaziladi. Boshlangan loyiha to‘xtab qolmasligi davlat tomonidan kafolatlanadi.  

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidn bir qator savollar ko‘tarildi. Qonun tashabbuskorlari o‘rtaga tashlangan savollarga batafsil tushuntirishlar berdi. Qizg‘in muhokama va savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasining bugungi kundagi dolzarbligi ta’kidlanib, birinchi o‘qishda qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uyi buzilishga tushgan fuqarolarga 3 turdagi kompensatsiya taklif etiladi