UYEFA Oʻzbekistondan “oʻrnak” olmoqchi
UYEFA koronavirus tufayli ikki oydan buyon toʻxtab yotgan milliy chempionatlarning joriy mavsumni yakunlashi uchun ham shunday yoʻl tutmoqchi.
Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari uyushmasi qitʼadagi “kuz-bahor” tizimini qabul qilgan chempionatlarga xuddi Oʻzbekiston chempionatida boʻlgani kabi “bahor-kuz” tizimiga oʻtishni taklif qilmoqchi.
UYEFA koronavirus tufayli ikki oydan buyon toʻxtab yotgan milliy chempionatlarning joriy mavsumni yakunlashi uchun ham shunday yoʻl tutmoqchi. Bunda vaqtincha toʻxtatilgan chempionatlarni avgust-noyabr oylarida yakunlab, yangi 2021-yilgi mavsumni fevral-mart oylarida boshlashlari tavsiya etilmoqda.
Toʻgʻri, qitʼaning ayrim mamlakatlari chempionatlarni muddatidan avval yakunlab ham boʻlishdi, lekin aksari chempionatlar pandemiyaning yakunlanishini va oldindagi besh-oʻnta tur oʻyinlarini davom ettirishni kutishmoqda.