Inson tanasida bahorga kelib quvvat dori bo‘lgan ertaki sabzavot mahsulotlari va ko‘katlar iste’moliga ehtiyoj kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ota-bobolarimizdan ko‘k somsa, sumalak kabi turli taomlar hozirgacha me’ros bo‘lib kelyapti. Aynan shuning uchun ham dehqonlar qish sovug‘iga chidamli piyoz, sabzi, osh lavlagi, kashnich, salat kabilarni hosili yig‘ib olingan maydonlarga to‘qsonbosti usulida ekishmoqda. Masalan, Namangan viloyatining Uychi tumanining o‘zida 2900 gektar to‘qsonbosti avgust-sentyabr piyoz ekish rejalashtirilgan edi.

– Uni ekib bo‘ldik, – deydi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassisi Ahadjon Qosimov. – U birinchi suvdan chiqdi. Noyabr oyida qorbosdi piyozlarni ham ekishni boshlaymiz.

Uychilik dehqonlar to‘qsonbosti usulining ustalari, deb bejiz aytmas ekanlar. Ma’lumki, tuman hududining qariyib uchdan bir qismi qiyalik va tepalikdan iborat adirlar. Ekindan bo‘shagan yerlar shix mola qilinib, qoldiq ildizlardan tozalandi. Maydon satxi yerlari tekislandi. Shundan keyin sepilgan urug‘lar bugun bir tekis unib chiqdi.

– To‘qsonbosti piyozini 2,5 gektarga ekkandim, hozir uchinchi suvini beryapmiz, – deydi Abduvahob Nabiyev. – Koreya urug‘i degan navi sepilgan. Xudo xohlasa may oyining o‘n beshinchi kunigacha pishadi.

Bunday sharoitda agrotexnikaga rioya qilish bir muammo bo‘lsa, ekinni sug‘orish yana bir muammo. Ammo Abduvahob Nabiyev kabi suvchilar uchun imkonsiz ishning o‘zi yo‘q.

– Yerlarimiz past-balandligi uchun qora qog‘ozni qirqib suv navi yasadik. Ikki yoniga cho‘p tiqib tiklab qo‘yganmiz. Qiyalik yerlarda ham suv oxirigacha bir xil oqaveradi. Suv yo‘lining agat boshidagi teshigiga loyqa tiqilmasligi uchun tozalab turamiz, – deydi usta suvchi.

Bunday usul kamxarj, ammo g‘oyat samarali. Agar agat boshiga o‘q ariqdan suv kelganida qiyalik pasti tomon u tez oqib tushar va ko‘llar edi. Qora qog‘ozdan yasalgan ko‘chma suv yo‘lagidan jirqirab tushayotgan suv maydon etagidagi pastliqqacha bir maromda singgib boradi. Bunda suv tejaladi, urug‘i birdek unadi, keyin suv yo‘lagini ikkinchi dala maydoniga atigi bir soat ichida ko‘chirib o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

– Hukumat qarori va topshirig‘i bilan kam ta’minlangan, ishsiz yoshlar, “Ayollar daftari”da turadiganlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 1100 gektar yer ajratib berildi. Ularning har biri 15 sotixli yer egasi bo‘ldi. Bu yerlarga ham to‘qsonbosti usulida piyoz ekildi, – deydi Ahadjon Qosimov.

Uychida bu yil 20 119 tonna don sotildi, hosildorlik 80 sentnerni qoraladi. 22 047 tonna paxta yig‘ib olish kutilyapti. Shunda o‘rtacha hosildorlik 40 sentnergacha yetadi. To‘qsonbosti ekilgan maydonlardan esa 53 971 tonna mahsulot olish rejalashgan.

Dehqonning shashti baland. Bu marralar ham egallanishiga shubha yo‘q.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WTHdBb_QVfk" title="UYCHIDA TO‘QSONBOSTI EKINLARI UNIB CHIQMOQDA" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov,

Tasvirchi: Elyor Olimov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uychida to‘qsonbosti ekinlari unib chiqmoqda (+video)