Buxoro viloyati prokuraturasining axborotiga ko‘ra, viloyat prokuraturasi tomonidan Buxoro viloyatida renovatsiya asosida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurish va ularni sotishga oid qonunchilik ahvoli o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 2018 - 2021 yillarda renovatsiya davlat dasturi doirasida Buxoro shahri bo‘yicha 85 ta yakka tartibdagi hamda 59 ta 2 - 3 qavatli uy - joylar buzilib, o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 69 ta (806 ta xonadon, 136 ta noturar ob’ektlar) ko‘p qavatli uy - joylar  qurilishi  boshlangan.  

O‘rganishlarda, 2018-2020 yillarda ushbu ko‘p qavatli uylarning 7 tasi (88 ta xonadon, 19 ta noturar ob’ekt) qurilib foydalanishga topshirilgan. 62 tasida (718 ta xonadon va 117 ta noturar ob’ekt) qurilish - montaj ishlari davom etayotganligi aniqlangan.  

Renovatsiya dasturining ijrosi viloyat hokimligi va viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Har bir qurilish korxonalari bilan olib borilgan manzilli ishlar natijasida 22 ta (277 ta xonadon, 60 ta noturar ob’ekt) turar - joy binosi foydalanishga topshirilishi va 40 ta (441 ta xonadon, 57 ta noturar ob’ekt) turar - joy binolarida qurilish - montaj  ishlari  jadallashtirilishi  ta’minlandi.  

Bundan tashqari, 2021 - 2022 yillar davomida 89 ta ko‘p qavatli turar - joy binolarining qurilish me’yorlariga zid ravishda foydalanishga qabul qilinganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi hamda viloyat kadastr palatasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Jinoyat ishining tergovi davomida ushbu qurilish ob’ektlarining 88 tasida qo‘shimcha qurilish - montaj ishlari olib borildi. Jami 5,6 milliard so‘mlik kamchiliklar to‘liq bartaraf etilishi va 1 251 nafar fuqarolarning xonadonlarga ko‘chib kirishi ta’minlandi. “Adiz Buxoriy” MCHJ tomonidan Buxoro shahrining Ibn Sino ko‘chasida qurilgan qolgan 1 ta ko‘p qavatli uydagi  kamchiliklar  bartaraf  qilinmoqda.

Turar - joy binolarini qurib foydalanishga topshirish davomida fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, ularga tegishli xonadonlarni rasmiylashtirib bermasdan kelayotgan quruvchi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan 13 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ular ichki ishlar organlari tergovidan bevosita viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi ish yurituviga olindi.  

Olib borilayotgan tergov harakatlari natijasida jinoyat sodir etilishi oqibatida fuqarolarga yetkazilgan 3 milliard 184 million so‘mlik zararning undirib berilishi va boshpanasiz qolgan 62 nafar fuqarolarga o‘zaro kelishuv asosida uy - joylarning olib   berilishi   ta’minlanib,   buzilgan huquqlari tiklandi.  

Xususan, “Buxoro eco stroy plyus servis” MCHJ rahbari G‘.Payanov va boshqalar fuqarolarni aldab, o‘zlari qurgan ko‘p qavatli uydan kvartira berishni va’da qilib, ularning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini   olib,  o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyatni sodir qilgan fuqaro G‘.Payanov va uning 2 nafar jinoiy sherigi   qamoqqa olingan.  

Hozirda ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Sudning  yakuniy qarori bilan jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning qoplanishi masalasi   hal etiladi.  

Bundan tashqari, Buxoro shahrining Hamza, S.Ayniy va T.Farog‘iy ko‘chalarida ko‘p qavatli uy - joylarni qurayotgan “Impala collection busines” MCHJ, “Bunyodkor shaharsozlik” MCHJ va “Shams nur iqbol” MCHJ rahbarlari fuqarolarni aldab, ularga xonadonlarni rasmiylashtirib bermasdan, moddiy zarar yetkazganliklari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan MCHJ rahbarlari Shamshod Mansurov, Nurali Qilichov va Tohir Qodirovlarga nisbatan sudning ajrimiga  asosan  qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.  

Soha mutasaddilarining ta’kidlashicha, qurilayotgan ko‘p qavatli turar - joy uylaridan xonadon (kvartira) xarid qilishda firibgarlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Xonadon sotib olishda huquqshunos maslahatidan foydalanish zarur. Aldanib qolib, huquqlaringiz buzilganligini bilgan taqdirda zudlik bilan viloyat prokuraturasining (65) 221 – 10 - 07 raqamli “Ishonch telefoni” ga yoki prokuratura idoralariga ariza bilan murojaat qilish kerak. Yoki viloyat prokurori, tuman (shahar) prokurorlarining shaxsiy qabuliga kirish zarur. Sizning buzilgan huquqlaringiz va manfaatlaringiz qonun doirasida tiklanishi hamda aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.  

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy sotib olishda firibgarlar “to‘ri”ga tushib qolmang