Yuridik klinika

Mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash qonunda alohida belgilangan bo‘lib, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni va inshootlarni buzib tashlashga zararning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘la qoplanmagunga qadar yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.

Xo‘sh, uy buzib tashlansa pul beriladimi? Agar nizo kelib chiqsa, bu qanday hal etiladi? 

“Snos”lar bilan bog‘liq savollarimizga Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Muhriddin Shamsiddinovdan javob oldik.

– Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi qarori bilan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlangan.Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori yer uchastkalarini olib qo‘yish va ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensatsiya berishning shaffof tartib-taomillarini joriy etish orqali mulkdorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

– Olib qo‘yilgan yer uchastkalari boshqa bir shaxslarga berilishi mumkinmi?

– Yo‘q, bu taqiqlanadi. Chunki davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi. Ushbu yer uchastkalarini boshqacha tarzda va boshqa shaxslarga ajratish mumkin emas.

– Yer uchastkalari olib qo‘yilayotganda mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkaziladimi?

– Ha, albatta. Buning ham alohida tartibi bor. Ochiq muhokama Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari kengashining ochiq muhokamani o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun mobaynida o‘tkaziladi. Ushbu muddat buzilgan taqdirda taqdimot materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan umumiy tartibda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga ochiq muhokama o‘tkazish sanasi va joyi ko‘rsatilgan xabarnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari kengashining ochiq muhokamani o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki kun mobaynida, biroq ochiq muhokama o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin tashabbuskor tomonidan yozma ravishda yuboriladi. 

– Agar uy-joy olib qo‘yilsa, ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlar ham to‘lanadimi?

– Ha, albatta. Nizomning 45-bandiga ko‘ra mulkdorga ko‘chirish, shu jumladan, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektini vaqtinchalik olish bilan bog‘liq xarajatlar, boy berilgan foyda, shuningdek, qonun hujjatlarida yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajat va zararlar kompensatsiya qilib berilishi kerak. Buzilayotgan uyning mulkdorini izlab topish imkoni bo‘lmasa olib qo‘yilishi rejalashtirilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektining mulkdori (agar turar joy bo‘lsa, shuningdek, ushbu manzilda ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zolari) bo‘lmagan taqdirda, tashabbuskor ularni izlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Agar bir yil mobaynida mulkdorni izlab topish imkoni bo‘lmasa, investor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tumanlar (shahar) hokimliklariga ushbu ko‘chmas mulk ob’ektini egasiz deb e’tirof etish va ushbu ko‘chmas mulk ob’ektini davlat mulkiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 

– Agar kelishuv tuzgan mulkdor vafot etib qolsa, kompensatsiya to‘lanmaydimi?

– To‘lanishi kerak. Mulkdor kelishuv tuzilgandan so‘ng vafot etib qolgan taqdirda, kelishuv bo‘yicha huquq va majburiyatlar uning merosxo‘rlariga ulushlariga mutanosib ravishda o‘tadi.  Mulkdor kelishuv tuzilgunga qadar vafot etib qolgan bo‘lsa, kelishuv tuzish bo‘yicha muzokaralar uning merosxo‘rlari bilan olib boriladi. Merosxo‘rlarning har birini merosdagi ulushi merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida, nizo yuzaga kelgan taqdirda sud tomonidan belgilanadi.

– Kompensatsiya puli berilmasdan oldin ko‘chmas mulk buzib tashlanishi mumkinmi?

– Yo‘q, bu taqiqlanadi. Nizomning 55-bandiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzib tashlash to‘g‘risida qaror loyihasi barcha mulkdorlarga tegishli kompensatsiya berilganidan keyin, shuningdek, turar va noturar joylar, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlar amalda to‘liq bo‘shatib qo‘yilganidan so‘ng ikki ish kuni mobaynida tayyorlanadi.

– Ko‘chmas mulk ob’ektini buzib tashlash haqidagi qaror loyihasi adliya organlari tomonidan ham ko‘rib chiqiladimi?

– Ushbu qaror loyihasi adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Qaror loyihasini ko‘rib chiqishda adliya organlari tomonidan zarur hollarda boshqa tegishli hujjatlar talab qilib olinishi mumkin. Qaror loyihasini ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha xulosa berish muddati ikki ish kunidan oshmasligi lozim.

Ko‘chmas mulk ob’ektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.

– Ko‘chmas mulk ob’ektini buzib tashlash haqidagi qaror ustidan shikoyat qilsa bo‘ladimi?

– Albatta. Buning tartibi ham Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida tartibga solinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasini olib qo‘yilishi yoki olib qo‘yilishini rad etilishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent tuman (shahar) hokimlarining ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Mulkdor va tashabbuskor o‘rtasida yuzaga keladigan nizo bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda – ushbu nizo sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

Nizo kelib chiqqan taqdirda, ushbu nizo bo‘yicha sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar yer uchastkasi olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qaror hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy “snos”ga tushsa mulkdor roziligi kerak bo‘ladimi?