«O‘zbekenergota’mir» aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz energetika sektori faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Negaki, mazkur korxona issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik markazlarini qishki mavsumga tayyorlash, energiya ob’ektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarishni joriy etishga oid yirik loyihalarni amalga oshiradi.

«O‘zbekenergota’mir» AJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Jo‘rabek Sohibov elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 2024/2025 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlar xususida O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi: 

– Yurtimiz taraqqiyotining dastlabki bosqichida elektr energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlari asosan xorijiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan. Sohani liberallashtirish, erkin bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilayotgan sa’y-harakatlar natijasida bugun tizimga mahalliy, raqobatbardosh investor kompaniyalar qatorida «O‘zbekenergota’mir» aksiyadorlik jamiyati ham faoliyat olib boradi. 

Joriy yilning 20 avgustda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti chog‘ida energetika tarmog‘i korxonalarida yuqori texnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash jarayonida mahalliy korxonalarning ishtirokini kengaytirish borasida ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ushbu yo‘nalishdagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekenergota’mir» AJ ham energetika tarmog‘ining asosiy generatsiya quvvatlari bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalarida modernizatsiya, ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarida faol ishtirok etmoqda. 

Ta’kidlash kerakki, korxonada jahonga mashhur energetika kompaniyalarining malakali muhandislarini jalb qilgan holda, o‘quv amaliyotlari, tajriba almashish kurslari tashkil etilishi natijasida salohiyatli mahalliy mutaxassislar guruhi shakllantirildi. Bu ishlar samarasida bugungi kunda ikki yarim mingga yaqin texnik mutaxassislar elektr stansiyalarning barqaror faoliyat yuritishiga hissa qo‘shib kelmoqda. 

Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida «O‘zbekenergota’mir» AJ issiqlik elektr stansiyalaridagi 53 ta energiya qurilmani mavsumga hozirlash maqsadida mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlarini bosqichma-bosqich olib bormoqda. 

Jumladan, mamlakatimiz energetika tizimida yirik elektr stansiyalar hisoblanuvchi Toshkent va Navoiy issiqlik elektr stansiyalarida ham bu borada yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yerda zamonaviy energiya qurilmalar qatorida an’anaviy energobloklarni modernizatsiya qilish, ularni raqamlashtirish va ishlab chiqarishda yoqilg‘i sarfini kamaytirish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. 

Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 9-sonli energoblokida mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Xususan, ta’mir ishlari davomida energoblokning qozon qurilmasi, turbinaning yuqori va past bosim rotorlari ishchi kuraklari, generator hamda transformatorlarida ishlar olib borildi. 

Ushbu ishlarni sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish maqsadida «O‘zbekenergota’mir» AJning 200 nafarga yaqin malakali mutaxassislari jalb etildi. Stansiyaning 9-sonli energoblokida mukammal ta’mir yakunlangach, uning ishlab chiqarish quvvati 140 MVtdan 155 MVtga yetkazildi. 

Shuningdek, tizimning raqamlashtirilishi orqali yoqilg‘i sarfi kamayishi va mahsulot tannarxi pasayishiga erishildi. Bu esa yiliga 458,6 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishi imkonini beradi. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalar miqdori 108,4 tonnaga kamaytiriladi. 

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida esa 3-son energoblokda mukammal ta’mirlash ishlari, ta’mirlash davrida qozon va turbina agregatlarida texnik chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu ishlarga «O‘zbekenergota’mir» AJning 250 nafar, stansiyaning 50 nafar ishchi-xodimi jalb etildi. 

Stansiyada ta’mirlash ishlarining bajarilishi tufayli qurilmalarning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanib, ishonchli ishlash darajasi oshirildi. Xususan, o‘rnatilgan quvvati 150 MVt bo‘lgan 3-energoblokda ta’mirlash ishlari natijasida yil yakuniga qadar 5 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. 

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustuvor vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda