Oʻzbekni tojiksiz, tojikni oʻzbeksiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bu yurtlar asrlar davomida bir-birini har jihatdan boyitib kelmoqda.

Oʻzbekni tojiksiz, tojikni oʻzbeksiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bu yurtlar asrlar davomida bir-birini har jihatdan boyitib kelmoqda. Biri-biriga shogird, biri-biriga ustoz. Qay makonda shu ikki xalq birga boʻlsa, oʻsha yerda taraqqiyot, oʻsha yerda rivojlanish tayin. Oddiy bir misol. Fors-tojik adabiyoti poydevorini yaratgan Abu Abdullo Roʻdakiy Samarqand biqinida joylashgan Panjakentning Roʻdak qishlogʻida tugʻilgan. 

Turkiy tilli xalqlar adabiyotining zabardast vakili, soʻz mulkining sultoni Mir Nizomiddin Alisher Navoiy Eron bilan qoʻshni Xurosonning Hirot shahrida tugʻilib voyaga yetdi. U ikki tilda birdek ijod qilib, oʻzidan umrboqiy asarlar qoldirdi. Ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy bilan bir umr hamkorlik qildi. Navoiyning turkiyda “Xamsa”yozishini olqishlagan Jomiy oʻzi ham Navoiy maslahati bilan bir qancha oʻlmas asarlar yaratdi.

XX asr boshlarida nazmdan koʻra, koʻproq nasrda ijod qilgan Sadriddin Ayniy “Qullar”, “Buxoro jallodlari” kabi asarlarini oldin oʻzbek, soʻng tojik tilida yozgan. “Qullar” romani qoʻlyozmasini Samarqandda Ayniyning iltimosi bilan oʻqib chiqqan Abdulla Qodiriy yozuvchiga qimmatli maslahatlarini bergan. Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Toshxoʻja Asiriy, Behbudiy, Fitrat, Nodira, Uvaysiy, Dilshod Barno, Muqimiy, Furqat, Maxmur, Gulxaniy, Zavqiy, Chustiy singari adiblar har ikki tilda ijod qilib, “Zullisonayn” nomini olganlar.

Koʻplab tarixchi, voqeanavislar ham oʻzbek, ham tojik tillarida izlanish olib borgan. Movarounnaxr va Xurosonda istiqomat qilgan Husayn Boyqaro, Boysungʻur Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muxammad Shayboniyxon kabi podshoh, shahzodalar ikki tilda goʻzal masnaviy, qasida, gʻazal, ruboiy bitganlar. Oʻzbek-tojik shoirlari bir-birlaridan ilhomlanib, bir-birlariga ergashib, nazira, muxammas yaratganlar.

Gʻafur Gʻulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Sharof Rashidov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Pirimqul Qodirov, Barot Boyqobilovlar oʻnlab asarlarni fors-tojik adabiyotidan oʻzbek tiliga oʻgirgan.

Oʻz navbatida oʻzbek adabiyoti, madaniyatidan boxabar Mirzo Tursunzoda, Mirsaid Mirshakar, Boqi Rahimzoda, Rahim Jalil, Habib Yusufiy, Jalol Ikromiy, Abdusalom Dehotiy, Sotim Ulugʻzoda, Sherali Loyiq, Gulnazar Keldi oʻzbek tilida yozilgan sara badiiy ijod namunalarini tojikchalashtirgan.

Sharqshunos olim, tarjimon Shoislom Shomuhamedov Roʻdakiy, Firdavsiy, Umar Hayyom kabi oʻnlab fors-tojik shoirlari asarlaridan oʻzbek tiliga qoyilmaqom tarjimalar qilgan. Alisher Navoiy asarlarini tojik tiliga tarjima qilishda shoir Muhiddin Aminzodaning oldiga tushadigan tarjimon yoʻq. Abdulla Qahhor asarlarini tojik kitobxon adibning rafiqasi Kibriyo Qahhorova qalami orqali oʻqimoqda. Jaloliddin Rumiy asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirishda muhtaram Jamol Kamolning xizmati beqiyos.

Bugungi kunda Oʻzbekiston - Tojikiston munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi. Davlatlarimiz oʻrtasida barcha sohalardagi hamkorlik tobora mustahkamlanmoqda. Bundan men ham, oila aʼzolarim ham behad mamnunmiz. Zero, mening shaxsiy hayotim ham kasbiy faoliyatim ham tarixiy ildizlari bir ikki mamlakat bilan chambarchas bogʻliq...

Bizning qishlogʻimiz “Koʻlbai Poyon” deb nomlanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur zamonida bu mavze “Koʻlba yayloqi”, yaʼni yaylov, yozlik joy deyilgan. Poyon - quyiroqda joylashgan, degani. Demak, “Koʻlbai Bolo” ham boʻlgan. XV-XVI asrlarda Temuriylar va Shayboniylar zamonida bu yerlar Shovdor tumaniga qarashli boʻlib, markazi Rabot xoʻja edi. Ilgari joy, makon, manzillar daryo, kanal nomi bilan yuritilgan. Shovdor tumani ham kanal nomiga qoʻyilgan. Turli davrlarda Urgut, Toyloq, Samarqand tumanlariga qarashli boʻlgan bu kanal tojik tilida “Joʻyi shahar” deb ataladi.

Men urush tugashi arafasida, 1945-yil Samarqand tumanida tugʻilganman. Koʻlbai poyon qishlogʻi aholisining aksari tojiklar. 1955-yili oilamiz Yuqori toyloq qishlogʻiga koʻchgan. 5-sinfdan to 10-sinfgacha oʻzbek maktabida tahsil oldim, ustozlarimning koʻpchiligi tojik millatiga mansub edi. Men ular bilan ikki tilda muloqot qilardim.

1963-yil bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tugatib, Tojikiston Davlat universiteti tarix fakultetiga oʻqishga kirdim. Men tarixdan tashqari XX asr tojik adabiyoti, arab alifbosiga asoslangan fors-tojik tili va rus tiliga ham juda qiziqardim.

Universitetda ustozim, akademik Zarif Rajabov tavsiyasiga koʻra, Ahmad Donishga oid ilmiy ish tanladim. Mavzuni yoritish uchun tojik-oʻzbek va rus tillarida yozilgan manbalarni oʻrgandim. 1966-67 oʻquv yili domla rahbarligida diplom ishini tojik tilida yozib, oʻzbek tilida yoqladim. Z.Sh.Rajabov tojik mutaxassislar orasida birinchi boʻlib tarixdan fan nomzodi boʻlgan. U kishi Oʻzbekistonda tarix instituti rahbari sifatida ham faoliyat koʻrsatgan. Keyinchalik, 1948-yili Tojikiston Davlat universiteti taʼsis etilgach, rektor lavozimiga tayinlangan. Universitetda ishlab qolishimga oʻsha kishi sababchi boʻlgan. Ilohim, oxirati obod boʻlsin!

Yana bir ustozim asli Boysunning Sayrob qishlogʻidan akademik Mullo Erkayev edi. Domla 100 ga yaqin oʻzbek va tojik shogirdlar tayyorlagan. Maʼlumki, hayot haqiqiy olimdan ulkan jasorat talab etadi. U kishini fidoyilikda oʻzbekistonlik Habib Abdullayev, Ibrohim Moʻminov, Yahyo Gʻulomovlar bilan qiyoslasa boʻladi.

Tojikistonda ishlab yurib, tojik qiziga uylandim, besh farzand koʻrdik. Ular oʻzbek va tojik tillarini bilishadi. Qizim Dilnavoz Yusupova XV asr oʻzbek-tojik shoirlarining aruz vaznida yozgan asarlari asosida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1980-yil taqdir taqozosi ila oilamiz azim Toshkentga koʻchdi. Koʻp yillar mobaynida turli ilm dargohlarida dotsent, professor lavozimida ishladim. Bir necha yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik fanidan dars berdim. 10 dan ortiq fan nomzodiga ilmiy rahbar boʻldim, 3 nafar fan doktori tayyorladim.

Toshkentda Goga Hidoyatov, Sattor Tursunmuhamedov kabi ustozlardan koʻp narsa oʻrgandim. 8-sinflar uchun “Jahon tarixi” darsligi mualliflaridan biriman. “Amir Temur Koʻragon va Imperator Napoleon” nomli monografiyam kitobxonlar orasida katta qiziqish uygʻotdi. Barcha muvaffaqiyatlarim negizida Samarqand, Dushanbe va Toshkent shaharlarida taʼlim bergan ustozlarim mehnati yotibdi.

Rahmon Farmonov,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
professori, tarix fanlari doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlarim... oʻzbegim tojik bilan