Ustoz — e’zozda, mehnat — e’tirofda
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda maktabgacha va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasi faxriylari ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtaldi.
Ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar, o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va tashabbuslari bugungi kunda yoshlarning bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
[gallery-31722]
Tadbirda ta’lim-tarbiya jarayonida faolligi, tashabbuskorligi va munosib natijalari bilan alohida e’tirof etilgan bir guruh pedagoglarga viloyat hokimining tashakkurnomalari hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbirida ustoz va murabbiylarning sharafli kasbi, ularning yosh avlod taqdiri va kelajagini belgilashdagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi.
Behzod Saidov (surat), O‘zA