Usmonova Yulduz Sheraliyevnaning kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Ayrim besh a’zoli biazotsiklik hosilalar sintezi va xususiyatlari» mavzusida
Usmonova Yulduz Sheraliyevnaning «Ayrim besh a’zoli biazotsiklik hosilalar sintezi va xususiyatlari» mavzusidagi 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi bo‘yicha kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 23-aprel soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 32-uy. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ma’muriy binosi, 2-qavat, anjumanlar zali.
Tel.: (99871) 244-79-20, faks: (99871) 244-79-17
e-mail: tkti_info@edu.uz