Usmon Abdurasulov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra, Abdurasulov Usmon Rustamovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Usmon Abdurasulov Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetining 2013-yil bakalavr, 2015-yil magistratura bosqichini tamomlagan.
U.Abdurasulov mehnat faoliyati davomida “Sport” telekanalida “Muxlis minbari” tok-shousi muallifi va boshlovchisi, “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muxbiri hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlagan.