Usmanova Moxinur Dilshod qizining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Homilador ayollarda subklinik gipotireozda gipertenziyaning rivojlanish xususiyatlari va intensivligi» mavzusida
Usmanova Moxinur Dilshod qizining 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Homilador ayollarda subklinik gipotireozda gipertenziyaning rivojlanish xususiyatlari va intensivligi» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026 yil 17 aprel kungi soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Yu. Otabekov ko‘chasi, 1-uy.
Tel/faks: (+998) 74-223-94-50
ye-mail: info@adti.uz