Ushu: Sportchilarimiz Xitoyda sovrindor bo‘ldi
Xitoyning Anlu shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlarning sportchilari o‘rtasida ushuning sanda yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatga erishdi.
Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari murosasiz kechgan bellashuvlarda 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.
-60 kilogramm vazn toifasida o‘tgan musobaqalarda Abdulhamid Odilov kumush, -65 kilogramm og‘irlikdagi bahslarda ishtirok etgan Avazbek Muhammadjonov bronza medaliga egalik qildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA