Urushda jangovar gumanoid robotlar
AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bog‘liq “Foundation Future Industries” Amerika startapi tomonidan jangovar gumanoid robotlar taqdim etilmoqda. Bu haqda CNBC nashri xabar tarqatdi.
Gumanoid robotlarning dastlabki namunalari Ukrainada Kiyev tomonidan Rossiya hujumini qaytarish uchun foydalanish maqsadida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Kompaniya og‘ir sanoat va harbiy soha uchun mo‘ljallangan ikki maqsadli avtonom gumanoid robot ishlab chiqmoqda.
Jamg‘arma bosh direktori yirik loyihadan ko‘zlangan maqsadga ham alohida to‘xtaldi. Ya’ni, gumanoid robot texnikasi uy ishlarini bajarish va boshqa turli xizmatlar ko‘rsatish emas, balki insoniyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal qilishga ham ko‘maklashishi kerak. Jamoaning ayni yo‘nalishdagi sa’y-harakati shunday e’tiqodga asoslangani ta’kidlanmoqda.
Mulozim ta’kidlashicha, bu yil ishlab chiqarishni minglab birlikka yetkazish, keyingi 18 oyda AQSH harbiy xizmatchilari ishtirokida sinov boshlash rejalashtirilgan.
S.Rahimov, O‘zA