Urush qahramoni xonadonida yuksak ehtirom tadbiri
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Oqtepa mahallasida istiqomat qiluvchi 104 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muhammadibrohim Inomov xonadonida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida viloyatdagi mudofaa va huquq-tartibot idoralari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda harbiy orkestr chiqishlari namoyish etildi.
Viloyat hokimi urush qatnashchisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, davlat rahbari nomidan pul mukofoti va bayram sovg‘alari topshirildi.
[gallery-29318]
Uchrashuvda nuroniylarning ibratli hayot yo‘li, boy tajribasi va matonati yosh avlod uchun muhim tarbiya maktabi ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadrini asrash har bir insonning muqaddas burchi ekani qayd etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA