Urush faxriylari holidan xabar olindi
97 yoshni qarshi olgan Muhammadjon Islomov hamda 94 yoshli Maqsud Akilov yuzida quvonch bilan yurt tinchligi uchun shukrona aytishdan charchamaydi.
Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaning 75 yilligi hamda yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi faollari urush faxriylari xonadonlariga tashrif buyurib, ular holidan habar olmoqda.
97 yoshni qarshi olgan Muhammadjon Islomov hamda 94 yoshli Maqsud Akilov yuzida quvonch bilan yurt tinchligi uchun shukrona aytishdan charchamaydi.
Bu otaxonlar yoshlarning gulu sovgʻalar bilan yashnab kirib kelishini koʻrib, koʻzlari quvnab ketdi. Bir zum yoshlik shijoati qaytib, bolalik chogʻlarini xotirladi.
– Bolalik tez oʻtdi. Ayni kuchga toʻlgan chogʻimiz ham tashvish bilan kechdi – urushda oʻtkazdik, – deydi Muhammadjon bobo. – Hozir u kunlarni eslamoqchi emasman. Bugundan gapirsak yaxshi. Toʻkinlik, omonlik, tinchlikka nima yetsin. Baxtiyor chehrangizni koʻrib quvonib yashayapmiz. Ilohim koʻz tegmasin.