Urush davrida qancha maktub yozilgan? (+video)
Maktub — insonning ichki kechinmalarini, sog‘inchi-yu dil izhorlarini qog‘ozga tushirib, o‘z yaqiniga yetkazish imkonini beruvchi muhim vosita. Xatlar orqali uzoqdagi yaqinlar bir-biridan xabar olishgan, yangiliklarni ulashishgan.
O‘tgan asrning ham quvonchli, ham eng ayanchli va qayg‘uli maktublari Ikkinchi jahon urushi davridagi maktublar ekani shubhasiz. Bu qirg‘inbarot urush ishtirokchilari o‘zlarining sog‘-salomat ekanini bayon qilgan xatlari ularning yaqinlarini quvontirgan bo‘lsa, aksincha, front maydonlarida halok bo‘lgani haqidagi shum xabarlar — qora xatlar ming qayg‘u va fig‘on bilan qabul qilingan.
Poytaxtimizdagi “Shon-sharaf” muzeyida “Urush davri maktublari” deb nomlangan burchak ana shunday quvonchli va ayanchli xatlarning asl nusxalari namoyish etilgan ekspozitsiyadir. Muzey vakilining aytishicha, bu maktublar urush qatnashchilarining yaqinlari tomonidan muzeyga taqdim etilgan.
“Shon-sharaf” muzeyi katta yo‘riqchisi Sabina Nosirova ushbu maktublar haqida batafsil so‘zlab berdi.
YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi sahifamizda bu haqda batafsil so‘z yuritiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/x8m8ZZixYoI" title="Urush davrida qancha maktub yozilgan?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Yoqub Meliboyev, Anvar Ahmedov (video), O‘zA