Urumchi shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatida ta’lim vazirlari ilk uchrashuvibo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z chiqishida mamlakatimizda sohanitakomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Xalqaro hamkorlik, xususan Xitoy bilan munosabatlar tobora mustahkamlanayotgani ta’kidladi.

Anjuman yakunida tomonlar qator amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar. Jumladan, aloqalarni institutsional asosda mustahkamlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlashni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish zarurligi tasdiqlandi.
Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Qo‘shma laboratoriyalar, ilmiy markazlar tashkil etish bo‘yicha ham aniq tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur uchrashuv mintaqaviy miqyosdagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadamdir.
M.Sayfullayev, O‘zA