Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi rahbariyati Germaniyaning "ADT Project Consulting GmbH" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda urug‘chilik sohasidagi ustuvor vazifalar, ilmiy yondashuvlar asosida yuqori hosildor navlarni targ‘ib qilish va mintaqaviy sharoitlarga mos ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Unda Markaz direktori Shuhrat Otajonov mamlakatimizda aholining o‘sib borishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj oshayotganini ta’kidlab, sifatli va sertifikatsiyadan o‘tgan chet el urug‘lik materiallarini bizga introduksiya qilish hamda mahalliy navlar bilan chatishtirgan holda yangi navlar yaratishning ahamiyati haqida gapirdi.


Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash jarayonlarini zamonaviy innovatsion uskunalar bilan yangilash, xorijiy hamkorlarni jalb etish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda Germaniyada qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalarni mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha fikr almashildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA