Joriy yil 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

O‘zA muxbirining Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan suhbati ushbu sammitning ahamiyati va anjumandan kutilayotgan natijalar xususida.

– Muhtarama Prezident fon der Lyayen, Samarqand shahrida o‘tadigan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo birinchi sammiti tomonlar uchun nechog‘li ahamiyatga ega va kelgusida hamkorlik qay tarzda rivojlanadi? YeI ushbu munosabatlarni mustahkamlash uchun qanday strategik yo‘nalishlarni belgilagan?

– Ushbu sammit Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo munosabatlarida yangi sahifa ochadi. Anjuman Navro‘z bayramidan keyin o‘tkazilishida ham ramziy ma’no bor: yangilanish, boshlanish timsoli. Shu bois Prezident Koshta bilan birga Samarqandga kelib, noyob hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz.

Ko‘p asrlik tarixiy aloqalarimiz bor, Ipak yo‘li asrlar davomida Yevropani Markaziy Osiyo bilan bog‘lagan. Nafaqat savdo, balki g‘oya, madaniyat va innovatsiya almashinuvi ham bo‘lgan. Endi ushbu boy merosga tayangan holda, qadimiy an’analarni zamonaviy va uzoq muddatli hamkorlikka aylantirmoqdamiz. Zero, bugungi beqaror dunyoda Yevropa har doimgidek ochiqlik va hamkorlik tarafdori bo‘lib qoladi.

Yevropa Ittifoqi uchun Markaziy Osiyo muhim hamkor. Sammitda umumiy yo‘nalish va ustuvorliklarni belgilaymiz. Bu savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, toza energiya, o‘ta muhim xom ashyo resurslari va boshqa sohalarni qamrab oladi.

Hozirning o‘zida aniq qadamlar qo‘yilmoqda. Biz iqtisodiy aloqalarni mustahkamlab, yangi strategik sheriklikni ishga tushiryapmiz. Bu tashabbus ertaga sammit doirasida rasman e’lon qilinadi.

– Sammit natijasida qanday aniq loyiha, kelishuv va tashabbuslar amalga oshiriladi?

– Yevropa Ittifoqining investitsiya strategiyasi – “Global Gateway” muhokama markazida bo‘ladi, chunki hamkorlikdan barchamiz manfaatdormiz.

Sammitda men Markaziy Osiyo uchun “Team Europe” tashabbusi doirasidagi investitsiya paketini e’lon qilaman. Ushbu muhim hujjat to‘rt asosiy yo‘nalishga qaratilgan. Transport, o‘ta muhim xom ashyo resurslari, raqamli tarmoq, suv va energiya transporti bog‘liqligini rivojlantirish borasida biz allaqachon yaxshi natijalarga erishyapmiz.

2024 yil o‘tkazilgan Investorlar forumida YeI va xalqaro hamkorlar Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan transport yo‘lagi uchun 10 milliard yevro ajratishga va’da berdi. Bu yil Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bilan bir vaqtda ikkinchi Investorlar forumini o‘tkazib, erishilgan yutuqlarni sarhisob qilamiz.

Shuningdek, o‘ta muhim xom ashyo resurslari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish va aniq investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan. Ayni yo‘nalishda Markaziy Osiyoda mahalliy sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mintaqada iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirishni maqsad qilganmiz.

– Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qaysilar, qanday yangi tashabbuslar mavjud aloqalarni mustahkamlaydi?

– Biz keng qamrovli va faol hamkorlikka egamiz: savdo, transport bog‘liqligi, energiya, suv xavfsizligi, iqlimga moslashish, raqamlashtirish va ta’lim sohalarida.

Faxr bilan aytishim mumkinki, oxirgi 10 yil ichida “Erasmus+” dasturi doirasida 10 000 talaba va mutaxassis Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi almashinuvda qatnashdi. Endi “yashil” va raqamli o‘zgarishlar hamkorligimiz markazida turibdi.

Markaziy Osiyo toza texnologiyalar uchun eng zarur xom ashyo resurslariga, ulkan salohiyatga ega. Yevropa faqat xom ashyoni olib ketish emas, balki to‘liq qiymat zanjirini yaratish, ya’ni qazib olishdan qayta ishlash va qayta tiklashgacha bo‘lgan jarayonni shakllantirishni maqsad qiladi. Bu esa mahalliy ish o‘rinlari yaratish, yuqori ekologik va ijtimoiy standartni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xavfsizlik ham ustuvor masalalardan biri. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni chuqurlashtiradi, xavfsizlik bo‘yicha maxsus muloqotni yo‘lga qo‘yadi.

– Yevropa Ittifoqi iqlim masalasiga katta e’tibor qaratadi. Markaziy Osiyoda ekologik hamkorlik va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qanday dasturlar amalga oshiriladi?

– Iqlim forumi ochilishida ishtirok etish va O‘zbekistonni bu muhim tashabbus bilan tabriklash men uchun katta sharaf. Markaziy Osiyo toza energiya markaziga aylanishi mumkin. Bu nafaqat importga bog‘liqlikni kamaytiradi, balki ulkan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish imkonini beradi.

2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha Global tashabbusga qo‘shilgani O‘zbekistonning strategik yo‘nalishga sodiqligini ko‘rsatadi. YeI ayni jarayonni “Global Gateway” investitsiya strategiyasi orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi investitsiya paketi doirasida men “Team Europe” tashabbusi bo‘yicha suv, energiya va iqlim o‘zgarishiga oid yirik qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi hamda “yashil” loyihalarga yanada ko‘proq sarmoya yo‘naltirilishini e’lon qilaman.

– Yevropa Ittifoqining migratsiya siyosatidagi islohotlari Markaziy Osiyo fuqarolariga qanday ta’sir qiladi?

– Biz yangi “Migratsiya va boshpana bo‘yicha pakt” doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratayapmiz. Migratsiya muammosini hal qilish maqsadida birgalikda barcha turdagi noqonuniy faoliyat, jumladan muhojirlarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi kurashmoqdamiz. Bu noqonuniy migratsiyaning asosiy omili bo‘lib, har yili minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lmoqda. Shu bilan birga YeIga malakali mutaxassislar uchun qonuniy yo‘llar ochishni rag‘batlantiryapmiz.

Migratsiya – global muammo. Yevropa va Markaziy Osiyo hamkorlari o‘xshash qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shuning uchun ham bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar o‘zaro manfaatli.

– Samarqand O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri. Agar sizga tarixiy obidalar bilan batafsil tanishish imkoniyati yaratilsa, bundan qanday foydalanmoqchisiz?

– Albatta, Prezident Koshta bilan birga O‘zbekiston madaniy merosining abadiy ramzlari hisoblangan Ulug‘bek rasadxonasi, Amir Temur maqbarasi va Registon maydonini ziyorat qilamiz. Bu qadimiy shahar asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lib kelgani sababli, Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo birinchi sammiti uchun munosib maskan. Go‘zal Samarqandni kashf etishni intiqlik bilan kutyapman.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ursula fon der Lyayen: Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun muhim hamkor