Urgutlik öquvçilar Navoiyda
Bugun bir guruh urgutlik maktab öquvçilari “Kelajakka bugundan qadam” loyihasi doirasida Navoiy viloyatiga sayohat qilişdi.
Mazkur loyiha Urgut tumanidagi Abdusaid Köçimov kutubxonasi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida taşkil etilgan bölib, kombinat hamda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti faoliyati bilan yaqindan taniştiriş, işlab çiqariş va ilm-fan integratsiyasini rivojlantiriş, yoşlarda konçilik va metallurgiya sohalariga bölgan qiziqişni yanada oşiriş, ularni uşbu yönalişlarda bilim oliş va kasb egallaşga rağbatlantirişdan iborat.

Bugungi kunda kombinat tizimida 51 ming kişi mehnat qilmoqda. Ularning 12 ming nafarini yoki 22 foizini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi. Ayni paytda zamonaviy gidrometallurgiya zavodlari, kon-şaxtalar, sex va uçastkalarni ilm va kasb çöqqilarini puxta egallagan yoşlar boşqarmoqda.

Dastlab öquvçilar Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida bölib, taʼlim jarayonlari, zamonaviy öquv laboratoriyalari va ularda olib borilayotgan işlar bilan tanişdilar.
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti yurtimizda konçilik sohasi uçun malakali mutaxassislar yetkazib berayotgan yetakçi oliygohlardan biridir. Hozirda universitetda 10 ming 798 nafar talabaga 441 nafar pedagog taʼlim beradi. Ilmiy salohiyat esa 57,4 foizni taşkil etmoqda. Ayni paytda oliygohda 6 ta fakultetda 27 ta bakalavriat va 23 ta yönalişda magistratura yönalişi mavjud.

– Navoiy şahriga sayohatimizning birinçi kuniyoq katta taassurotlarga ega böldik. Bu yerga kelgan öquvçi-yoşlarning aksariyati kasb tanlaş, kelajakdagi rejalari va öz oldiga qöygan maqsadlari böyiça maʼlumot olişga qiziqdi. Şu jihatdan bugungi uçraşuv biz uçun ayni muddao böldi, – deydi 37-umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Ergaş Hamroyev. – Birinçi çorak yakunidagi taʼtilning dastlabki kuni şunday mazmunli tadbir bilan boşlangani ham quvonarli. Mahallamizdagi 3-sonli kasb-hunar maktabining sanoat yönalişida, xususan, elektrlaştiriş va avtomatlaştiriş sohalarida tahsil olayotgan öquvçilarni ham olib kelganmiz. Ular bugungi tanişuvdan söng kelajakda şu sohada işlaş, öz kasbining yetuk mutaxassisi böliş istagini bildirişdi.
Ayni paytda öquvçilarimizning ön nafardan ortiği tegişli milliy sertifikatlarga ega. Bunday sertifikatlar oliy taʼlim muassasasiga kirişda inobatga olinişini eşitib, ularning quvonçi yanada ortdi. Yoşlar kelgusi yilda yuqori ball töplab, aynan şu universitet talabasi böliş maqsadida ekanini aytişdi.
Bu kabi uçraşuvlar biz, ustozlar uçun ham muhim tajriba maktabidir. Çunki ular orqali yoşlarga kasb tanlaşda töğri yöl körsatiş, taʼlim jarayonida qaysi jihatlarga köproq eʼtibor qaratiş zarurligini anglab olamiz. Ilgari öquvçilarimiz qiziqqan ayrim sohalar böyiça savollariga yetarliça javob berişda qiynalardik. Bugun esa universitet dekanlari va professor-öqituvçilari ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, kelajak kasbini tanlaşda muhim yöl-yöriq körsatdi.



Tadbir iştirokçilari universitet iqtidorli talabalarining ixtiro va startap loyihalari körgazmasi bilan ham tanişdilar.
Universitetning majlislar zalida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boşqaruv raisi – Boş direktori, Özbekiston Qahramoni, senator Quvondiq Sanoqulov hamda Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori, senator Abdusaid Köçimov iştirokida “Senatorlar va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi.





Unda yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil etilib, taʼlim, ilm-fan, kasb tanlaş va kelajakdagi imkoniyatlar haqida fikr almaşildi.
– Men Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida faqat öğil bolalar öqiydi, deb öylardim. Ammo bu yerda köplab xotin-qizlar hamda ayollar işlayotganini, qizlar öqiyotganini kördim va men ham ularga havas qildim, – deydi urgutlik öquvçi Ziyoda Bahodirova. – Universitetda dars jarayonlari, texnologiya va laboratoriya xonalari bilan tanişdik. Biz ularning zamonaviy jihozlanganligini kördik va laboratoriya maşğulotlarini birga bajardik. Navoiyga kelganimdan juda xursandman. Bizga konçilik sohasidagi iş jarayonlarini tuşuntirib berişdi. Maktabni bitirgaç, uşbu oliygohda öqişni niyat qildim.

Uçraşuvda Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov sözga çiqib, ÖzA Boş direktori Abdusaid Köçimovga Navoiy davlat universitetining faxriy professori unvonini topşirdi.


Uçraşuv sönggida Abdusaid Köçimov kutubxonasi, Urgut tumanidagi 37-umumtaʼlim maktabi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti örtasida uç tomonlama memorandum imzolandi.


Öquvçilar “Farhod” madaniyat saroyida joylaşgan “NKMK tarixi” muzeyiga sayohat qilib, mamlakatimiz konçilik sanoatining şakllaniş tarixi, taraqqiyot bosqiçlari va bugungi yutuqlari haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega böldi.
A.Böriyev, S.Aslonov (surat),
ÖzA muxbirlari