Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarning eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Urgut tumaniga temir yo‘l tarmog‘i tortish tashabbusini ilgari surgan edi.

Ana shu ezgu maqsad asosida viloyatning Jomboy tumanidan Urgutga tomon temiryo‘l qurilishi boshlandi.

Uzunligi 50 kilometrdan ortiq bo‘lgan yangi tarmoq “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘yicha zamonaviy muhandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etiladi.

Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanuvchi yangi temiryo‘l tarmog‘i 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib, Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tadi va so‘ngra ushbu daryo ustida   barpo etiladigan ko‘prik orqali Urgut tumaniga boradi. Temiryo‘l o‘tadigan Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarining aholi gavjum hududlarida bekatlar tashkil etiladi. Masalan, Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Urgut tumanida joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti  yaqinida bekat quriladi. Bu esa tojikistonliklarga  yurtimiz bo‘ylab temir yo‘l orqali ham sayohat qilish imkonini beradi.

– Mazkur yangi tarmoq yurtimiz temir yo‘l sohasidagi yirik loyihalardan biri , – deydi  “Temiryo‘l loyihasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati  direktori Rasuljon Ro‘ziyev. – Bu orqali nafaqat “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi korxonalarining transport tarmog‘i yaxshilanadi, shu bilan birga aholi uchun qulaylik yaratiladi, hududda sayyohlik rivojlanadi.

Temir yo‘lga tamal toshi qo‘yish tadbirida qatnashgan transpori vaziri I. Mahkamov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A. Boboyev va boshqa mas’ullar yangi tarmoq hududda joylashgan aholi uzog‘ini yaqin qilish bilan birgalikda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mahsulotlarni xorij bozoriga eksport qilish imkoniyatini ham  oshirishini ta’kidlashdi.
 
G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urgutga poyezd boradi