Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.  

Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida «Aqlli shahar tizimi» ishga tushirildi.  

Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.  

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.  

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.  

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchdagi «Aqlli shahar tizimi» viloyat markazlari va poytaxt tumanlarida ham joriy qilinadi