Urganchda xavfli dorilar fosh etildi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ushbu tumanda yashovchi fuqaroning uyi va yordamchi xo‘jaliklarida qiymati salkam 600 million so‘mlik 90 turdagi jami 11 ming 795 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari keyinchalik sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, ushbu dori vositalari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablariga zid ravishda, saqlash talablariga javob bermaydigan sharoitlarda saqlab kelingan.

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA