"Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi, uning Urganch shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan Urganch shahridagi "Badminton" sport markazida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida o‘smir qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning badminton turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqaga Urganch shahrida yashovchi, sportning ushbu turiga qiziquvchi yosh o‘smir qizlar va o‘g‘il bolalar jalb etildi.  Ular o‘tkazilgan musobaqa davomida epchilligi va chaqqonligini namoyish etdi.

– Maqsad, yoshlarni sportning badminton turiga qiziqtirish, ular orasidan yurt bayrog‘ini ko‘kka ko‘taradigan sportchilar yetishib chiqishiga ko‘maklashishdir, – deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Urganch shahar bo‘linmasi rahbari Raziya Sabirova. – Bu rejamiz amalga oshsa kerak. Chunki, bunga musobaqa jarayonida amin bo‘ldik. Yoshlarimiz epchil, chaqqon va harakatchan. Ular o‘tkazilgan musobaqa davomida shijoat bilan harakat qilib, o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblar aniqlandi. "Olimpiya" mahallasidan tashrif buyurgan Sevinchoy Bahromova eng chaqqon va mohir sportchiligini namoyish etib 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Temir yo‘lchi" mahallasidan ishtirok etgan Dinara Ruzmetova 2-o‘ringa, Durdona Yunusova esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

G‘oliblar va faol ishtirok etganlar rag‘batlantirildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda o‘smir qizlar va o‘g‘il bolalar badmintonda bellashdi