"Yoshlar taxnoparki" o‘z g‘oyasi bilan kirib kelgan iqtidorli yoshlarga amaliy ko‘mak berib, loyihani tayyor mahsulotga aylantirish va bozorga chiqarishgacha bo‘lgan jarayonda ko‘maklashadi.
Al-Xorazmiy majmuasida 10,2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan texnopark yiliga 800 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni 7 ta yo‘nalishda o‘qitish imkoniyatiga ega.
“Xay tek” uslubida qurilgan bino innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish istagidagi yigit-qizlar uchun "G‘oyalar generatori" vazifasini o‘taydi.
Yoshlar bu yerda "Veb dasturlash", "Robototexnika", "3D” modellashtirish", "Grafik dizayn" va Veb-dizayn, mexotronika, startaplar bilan ishlash yo‘nalishlarida ta’lim oladi. Shuningdek, zamonaviy kompyuter to‘plamlari, “3D” printerlar, “Ardiuno” qurilmalaridan foydalangan holda korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning malakalari oshiriladi.
[gallery-22025]
– Vazirlar Mahkamasining "Respublika xududlarida yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tatqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish iqtidorli tashabbuskor yoshlarning o‘z intelektual salohiyatini nomoyon qilish va ijtimoiiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida "Yoshlar texnoparki" tashkil etilmoqda, – deydi Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innonatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev. – Bizning maqsadimiz o‘z g‘oyasi bilan kirib kelgan iqtidorli yoshlarga amaliy ko‘mak berib, loyihani tayyor mahsulotga aylantirish va bozorga chiqarishgacha bo‘lgan jarayonda ko‘maklashishdir.
Yoshlar texnoparki binosi arxitekturaning zamonaviy talablari asosida bunyod etilgan bo‘lib, bu yerda bir vaqtning o‘zida 100 nafardan ortiq yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitish imkoniyati mavjud.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar texnopark hududdagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida ilmiy faoliyatni keng targ‘ib etish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Shundan so‘ng mehmonlar oliy ta’lim muassasalari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari namoyish etilgan ko‘rgazmada qatnashdi.Unda ilk rezidentlar o‘z loyihalarini namoyish etishdi.
Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti magistranti Dilshod Rajabovning “Aqlli ko‘l” deb nomlangan loyihasi taqdimoti ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Loyihachi tomonidan yasalgan kichkina qurilma baliqchilik xo‘jaliklarida baliq yetishtirishdagi mavjud muammolarga yechim topishga yordam beradi.
– Ushbu qurilma suvdagi kislorod miqdori, harorati, mikro suvo‘tlari konsentratsiyasi va suv sathini aniqlab turuvchi datchiklarni jamlagani sababli, muammoni aniqlagan holda mobil ilovaga ma’lumot uzatib boradi, –deydi Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov. – Mobil ilova bu ma’lumotlarni tushunishga qulay ko‘rinishda muammoga yechim ham chiqarib beradi. Ayni paytda viloyatimizdagi baliqchilik ko‘llarining 6 tasida shunday qurilmalarni o‘rnatdik. Endilikda Dilshod texnoparkda rezident sifatida faoliyatini yo‘lga qo‘yib, yiliga 200 ta ana shunday qurilmani ishlab chiqaradi. Chunki bu yerda kichik ishlab chiqarish zonasi orqali tayyor loyiha g‘oyalarining prototiplarini bepul ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Demak, ushbu texnopark xorazmlik innovator yoshlarning g‘oyalarini noldan boshlab prototip darajasiga yetkazgunga qadar yordam beradi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat),
O‘zA muxbirlari