Tatar xalqi o‘zbeklar kabi yumorga, hazil-mutoyibaga juda ham o‘ch. Ular bilan har qanday mavzuda suhbatlashishingiz va hazil qilishingiz mumkin. Tatarlar bugungi kungacha ko‘plab oilaviy qadriyatlar, milliy urf-odat va an’analarini saqlab kelayotgan millatlardan.

Tatar milliy madaniyat markazi raisi o‘rinbosari Feruza Xaldarova tatar xalqining asosiy qadriyatlari, millatlararo munosabatlarda tatarlarning o‘rni, hamjihatlik va birdamlik masalalari xususida gapirib berdi.

—Tatarlar juda ham ochiqko‘ngil, mehmondo‘st xalq. Tatarlarni uyiga borsangiz darrov bir piyola choyga taklif qiladi. Toki bir piyola choy ichmaguningizcha ketishga ruxsat berishmaydi. Ularni o‘zlari ham dasturxon atrofida “choyxo‘r”lik qilib, suhbatlashib o‘tirishni yaxshi ko‘rishadi. Ya’ni, o‘zbek xalqi kabi bizda ham oilaviy qadriyatlar juda yaxshi saqlangan. 

Ularning asosiy vatani Tatariston. O‘zbekistonda tatarlar ikki asrdan beri yashab kelmoqda. Asosan Buyuk ipak yo‘li orqali karvonlar bilan kelib, O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashagan.  

Suhbatning to‘liq qismini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4HmMaNn0gU0?si=Anl2B8QYjiG7PD_M" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova,

Doniyor Yaqubov (video),

Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj)

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urf-odatlari va an’analarini asrab kelayotgan millat (+Video)