Italiyaning Milan shahrida media-futbol bo‘yicha davom etayotgan “Kings League-2025” jahon kubogida mamlakatimizning "Unwanted boys" jamoasi chorak finalga yo‘l oldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, "Unwanted boys" media-jamoasi musobaqaning pley-off bosqichida Peru termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa 1/4 final bosqichiga yo‘l olgan jamoamiz endi yarim final yo‘llanmasi uchun Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs bugun, 8 yanvar kuni o‘tkaziladi.   

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston media-futbol jamoasi musobaqa doirasida dastlab Saudiya Arabistonini mag‘lub etgan bo‘lsa, AQSH termasiga imkoniyatni boy berdi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Unwanted boys" jamoasi chorak finalda