Universitetning eng yaxshi kitobxonlari aniqlandi
Guliston davlat universitetida yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Universitetning eng yaxshi kitobxoni” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda talabalar o‘zlari o‘qigan kitoblar asosida uch bosqichda savollarga javob berdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa Turg‘unoy Xidirova sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Muazzam Ne’matullayeva, 3-o‘rinni Azizbek Eshmuhammedov qo‘lga kiritdi.

Har bir g‘olibga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi, shuningdek, ular sayohat yo‘llanmalariga ega bo‘lishdi.
Qiziqarli jihati, tanlov teletanlov shaklida tashkil etilib, dastur orqali talabalarga interaktiv va qiziqarli shaklda ishtirok etish imkoni yaratildi.Bu esa ularning o‘z bilimlarini namoyon qilishda faol bo‘lishiga imkon berdi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri