Universitetda uchrashuv
Yangi loyiha: hududlarda “O‘zA kunlari”
Xorazm viloyatida o‘tayotgan “O‘zA kunlari” doirasida Urganch davlat universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Xushnudbek Hudoyberdiyev boshliq ijodiy guruhning talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti nihoyatda qizg‘in o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori Feruza Madrahimova, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Saidov so‘zga chiqib, mamlakatimizda, xususan ,Xorazm viloyatida yoshlarning erkin izlanishlari, ilm olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi.
[gallery-28404]
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mamlakatimizda o‘z o‘rniga ega ta’lim dargohlaridan biridir. Universitetda bugun 25 mingdan ortiq mahalliy va horijlik talabalar tahsil olmoqda.
Uchrashuvda X.Hudoyberdiyev talabalarga raqobatbardosh kadr bo‘lish uchun doimiy izlanish, chet tillarini mukammal o‘rganish, o‘z ustida ishlash, zamonaviy texnologiyalarni chuqur egallash hamda yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi yuzasidan foydali tavsiyalarini berdi.
—Uchrashvuvjuda samimiy bo‘ldi, – deydi universitet 3 -kurs talabasi Nafosat Ahmadjonova. - Tadbir davomida mamlakatimizning yetakchi axborot agentligi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldik. Men ham jurnilastikaga qiziqaman va men kabi shu sohaga qiziquvchi yoshlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Biz universitetimiz matbuot xizmati qoshida yosh muxbirlar klubini tashkil etib, o‘zimizning media materiallarimizni O‘zA saytiga ham taqdim qilib borishimiz va viloyatimizdagi yangiliklarni yoritishda hamkorlik qilish taklifini bildirdik. O‘zA rahbariyati tomonidan ushbu tashabbusimiz qo‘llab-quvvatlandi.
Muloqot davomida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Uchrashuv oxirida universitet axborot -kutubxona markaziga O‘zA nomidan kitoblar, suratlar ,planshetlar, quloqchinlar “Mutolaa” ilovasi uchun bir yillik obunasi bilan sovg‘a qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida Urgench tumanidagi “Mizo” korxonasi faoliyati va Al-Xorazmiy massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Xorazmda “O‘zA kunlari” tadbirlari davom etmoqda.
[gallery-28405]
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari