FOTOREPORTAJ

Toshkent davlat transport universitetda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

Bayram saylida universitetdagi mavjud 8 ta fakultet hamda 1 ta xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirok etdi.

Universitet hududi bayramona ruhda bezatilgan, atrofda bahoriy kayfiyat hukmron, barcha shod-u xurram. Doshqozonlarda sumalak hamda milliy taomlar tayyorlanmoqda. Fakultetlar o‘zlariga ajratilgan joyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarning milliy taomlari bilan dasturxonlarni bezagan.

[gallery-16755]

Navro‘z sayli jarchilarning chorlovi hamda “Karnay-surnay” ansambli sadolari ostida boshlandi. Kelin salom namoyishi, askiya san’ati, xalq raqslari ijrosi, milliy liboslar ko‘rgazmasi, folklor chiqish, Farg‘ona, Toshkent laparlari, she’riy aytishuvlar bayramni yanada fayzli o‘tishini ta’minladi. Universitet stadionida talabalar o‘rtasida stol tennisi, darts, armrestling, kurash, tosh ko‘tarish musobaqalari hamda arqon tortish, chillak, eshakmindi, ot ustida kurash, varrak uchirish, oq terak, tosh urish, jambil (o‘rtaga tushar), arqonda sakrash kabi yo‘qolib borayotgan xalq o‘yinlari o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston hunarmandlar uyushmasi tomonidan bolalar uchun o‘yinchoqlar yasash mahorat darsi, qimmatli tosh va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, turli bezaklar, zeb-ziynat mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi ham tashkil etildi.

Tadbirda faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Kamola YUSUPOVA, Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda milliy qadriyatlar tarannum etildi