Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari va bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikda “Karera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Dastlab Navoiy kon-metallurgiya kombinati va universitet rahbariyati, shuningdek, viloyat hokimligi mas’ullari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda har bir yosh mutaxassisni munosib ish o‘rni bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Bugungi kunda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti yurtimiz konchilik sohasi uchun malakali mutaxassislar yetkazib berayotgan yetakchi oliygohlardan biridir. Hozirda universitetda 9 mingdan ziyod talabaga 300 nafarga yaqin pedagog ta’lim beradi.

Joriy o‘quv yilda universitetni jami 1990 nafar talaba bitirayotgan bo‘lib, kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi 654 nafar bitiruvchining qariyb 40 foizi “Dual ta’lim” tizimi asosida NKMK korxonalarida mehnat faoliyatini boshlab yuborgan.  

Yarmarka doirasida viloyatdagi yirik sanoat korxonalari vakillari ishtirok etib, talabalarga o‘z korxonalari faoliyati haqida so‘zlab berdi.

– Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda stansiyamiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari “Dual ta’lim” tizimi asosida davom ettirilmoqda, – deydi “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ mas’ul xodimi Istam Suvonov. – Har yili biz mazkur oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga qabul qilamiz. Stansiyamiz negizida “Elektr energetika” kafedrasi filiali ham tashkil etilgani malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etyapti. Mazkur universitetni bitirib, korxonamizda tajriba to‘plagan 100 nafardan ortiq yosh muhandis kadrlar bugungi kunda xalqaro kompaniyalarda turli darajadagi rahbarlik vazifalarida samarali faoliyat yuritayotganini alohida ta’kidlash kerak. Bu fakt ham albatta universitet nufuzini bildiradi. Umuman, mazkur oliy ta’lim muassasasida muhandis kadrlar yetishtirish tizimi yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan.  

“Karera kuni” mehnat yarmarkasi doirasida talabalar va olimlarning ixtirolari hamda ilmiy-tadqiqot ishlanmalari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.  

Ilmiy to‘garaklar negizida ixtirochi yoshlar tomonidan yaratilgan texnik modellar tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar va ish beruvchilarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda “Karera kuni”