Universitet - qahramonlari (+video)
Jahonning Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Koreya Respublikasi kabi ilg‘or mamlakatlarida ulkan yutuqlar omili bo‘layotgan yangi ta’lim - "dual ta’lim" uslubini O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida birinchilardan bo‘lib joriy etilgan.
“Dual” so‘zi nazariyani joylarga chiqib amaliyot bilan uyg‘unlikda olib borish. Yaqinda poytaxtimizning Ko‘kcha dahasida amaliyot o‘tayotgan universitet kursantlari kutilmaganda katta jasorat ko‘rsatishdi.
Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari dars jarayonlarida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun dual ta’lim rejasiga asosan joylarga chiqib, mutaxassislardan saboq oladilar. Yaqinda poytaxtning Ko‘kcha dahasidagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasi profilaktika inspektoriga biriktirilgan ikki kursant yigit favqulodda vaziyatga tushib qolishdi. Xonadonlarning birida elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv oqibatida katta yong‘in chiqibdi.
Voqea tafsiloti navbatdagi lavhamizda.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5imm-gTrOrc" title="Universitet - qahramonlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Bunday harakat nomini jasorat deydilar. Ammo o‘sha damda yosh kursantlar fikrida qahramonlik ko‘rsatish emas, olov ichidagilarga yordam berish bo‘lgan. Shunday sheryurak yoshlarimiz bor ekan, ertamiz xavfsizligi ishonchli qo‘llarda deya faxr bilan aytaolamiz!
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA