Guliston davlat universiteti nashri “Universitet ovozi” gazetasi tashkil topgan kunning 25 yilligi nishonlandi.

Gazeta 25 yil davomida  talaba- yoshlarni ilm-ma’rifatga chanqoqlik, yuksak qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.  Gazetada faoliyat yuritgan taniqli jurnalistlar va yozuvchilar, shu jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zolari professor Ravshanbek Mahmudov, shoira Bahor Xolbekova, Hasan Abduvohidov, Boyjigit Abdullayev va Munavvar Pardayev kabi professional jurnalistlar gazeta saviyasining yuqori darajada bo‘lishini ta’minladilar.  

Yubiley tadbirida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov, universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muhsin Hojiyev va boshqa taniqli jurnalistlar, yozuvchilar hamda professor-o‘qituvchilar gazetaning ijtimoiy hayotdagi muhim o‘rni haqida fikrlarini bildirishdi. Ular gazeta faoliyatining nafaqat talaba-yoshlar, balki keng jamoatchilik uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi.

Yubiley tantanasi so‘nggida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xalqaro Yassaviy mukofoti laureati Baxtiyor Xolxo‘jayev, universitetning musiqa yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Universitet ovozi” 25 yoshda