Shu kunlarda Germaniyaning Reyn-Rur hududidagi Duysburg, Boxum, Essen, Xagen va Myulxaym shaharlarida XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining qizg‘in bahslari davom etmoqda.

Bugun, 18 iyul kuni 15 ta sport turida bellashuvlar bo‘lib o‘tsa, ularning 3 tasida talaba-sportchilar medallar uchun kurash olib boradi.  

Ortda qolgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, bugungacha 3 ta sport turida XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining dastlabki sovrindorlari aniqlandi. 

Medallar jamg‘arish borasida AQSHlik talaba-sportchilar 3 ta oltin, 5 ta bronza medali bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni 2 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medaliga ega Koreya Respublikasi, 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronzaga ega Xitoy sport delegatsiyasi band etgan. Shuningdek, Germaniya, Daniya, Hongkong talaba-sport jamoalari hisobida 1 tadan oltin medal mavjud. Umumiy hisobda 15 ta davlat sport jamoalari sovrindorlar qatoridan joy olgan.  

Kechagi kun bahslarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zosi Eldorbek Usmonov 50 metr masofaga batterflyay usulda suzish bo‘yicha yarim final musobaqalarida 23.31 soniya natija qayd etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish asnosida O‘zbekistonning yangi rekordini o‘rnatgani o‘ziga xos voqea bo‘ldi.  

Aytish lozimki, mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonning oldingi rekordi 23.32 soniyadan iborat bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichga Usmonov Toshkentda o‘tgan birinchi Markaziy Osiyo chempionatida erishgandi.  

Reyn-Rur hududida dunyoning 8 ming 500 nafardan ziyod sportchi-talabalari ishtirokida davom etayotgan yozgi Universiada o‘yinlarining yana bir o‘ziga xos jihati, Essen shahrida ishtirokchi davlatlarning bayroqlari maydoni ochilish marosimi tashkil etildi.  

Unda Universiadada qatnashayotgan 150 taga yaqin davlatlarning bayroqlari qatorida jonajon Vatanimiz O‘zbekistonning hur bayrog‘i sarbaland bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, 27 iyulga qadar davom etadigan bu galgi o‘yinlarda O‘zbekiston sportchi-talabalari 11 ta sport turi: kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennisi, taekvondo WT va tennis sport turlarida ishtirok etmoqda.  

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Universiada-2025": Germaniyada O‘zbekiston rekordi yangilandi