“Universal”da karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda
Bugun 2 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida ITKF karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.
O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan kubok bahslari jarayonida mamlakatimizdagi mavjud sport klublarida tarbiyalanayotgan yosh karatechilar 396 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashadi, deyiladi Sports.uz sayti xabarida.
O‘zbekiston kubogi bellashuvlari natijasida saralangan terma jamoa a’zolari Xalqaro an’anaviy karate federatsiyasi tomonidan joriy yilning 20-21 noyabr kunlari Toshkentda tashkil etilishi kutilayotgan qit’a chempionatida qatnashadi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari 3 oktyabr kuni aniqlanadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA