Shved kimyogari, muhandis, kashfiyotchi, tadbirkor va saxovatpesha Alfred Bernxard Nobel nomi ko‘plarga tanish.

21 oktabr – Alfred Nobel tavallud topgan kun 

Shved kimyogari, muhandis, kashfiyotchi, tadbirkor va saxovatpesha Alfred Bernxard Nobel nomi ko‘plarga tanish. Biroq dinamit kashfiyotchisi sifatida tanilgan Nobelning jami 355 ta kashfiyotga mualliflik qilgani hammaga ham ma’lum emas.

Nobelning birinchi kashfiyoti

Alfred Nobel 1833 yilning 21 oktabrida Stokgolmda tavallud topgan. Uning otasi Emmanuel Nobel muhandis va ixtirochi edi. Alfred oiladagi sakkiz farzandning uchinchisi sifatida voyaga yetdi. Biroq kambag‘allashib qolgan oilaning faqat to‘rt farzandigina yashab qoldi. Yosh Alfred ota tomondan shved olimi Ulof Rudbekka ham qarindosh edi. Uning texnikaga qiziqishi otasidan o‘tgandi. Chunki otasi Emmanuel Stokgolmdagi Qirollik texnologiya institutida tahsil olgandi.

Biznesdagi bir qator omadsizliklar tufayli 1837 yilda Emmanuel Stokgolmdan Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda uning ishi ancha yurishdi: dastgohlar va portlovchi vositalar ishlab chiqara boshladi. U juda yupqa kesilgan yog‘och qatlami – fanerni ixtiro qildi va o‘zi harakat qiladigan suvosti snaryadi – torpedani yaratish ustida ish boshladi. 1842 yilda uning oilasi ham shu shaharga ko‘chib keldi.

Boyib borayotgan oila Nobelga xususiy o‘qituvchi yollash imkoniga ega edi. Yosh Nobel kimyo va tillarni, ayniqsa, maroq bilan o‘zlashtirdi. Hatto ingliz, fransuz, nemis va rus tillarida erkin so‘zlasha boshladi. 1849 yili rus kimyogari Nikolay Zeninning tavsiyasi bilan otasi Emmanuel o‘n olti yoshli Nobelni Yevropa va Amerikada o‘qishga yubordi.

Chet eldagi uzoq yillik ta’lim besamar ketmadi. U 1857 yildayoq, yigirma to‘rt yoshida o‘zining dastlabki ixtirosi – gaz hisoblagich moslamasi uchun ingliz patentini qo‘lga kiritdi. Rossiyaga qaytgach, rus armiyasi uchun harbiy buyurtmalar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi oilaviy fabrikasi ishlarini yuritishni boshladi.

1859 yilda Nobelning otasi o‘z korxonasini ikkinchi o‘g‘li Lyudvigga qoldirib, Rossiyadan Shvesiyaga yo‘l oldi. Yigirma olti yoshli Nobel ham ota-onasi bilan birga qaytdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, 1863 yilda Nobel portlovchi moddaning bir qismi bo‘lgan detonatorni kashf etdi.

Afsuslarga sabab bo‘lgan ixtiro

1864 yilning 3 sentabrida Stokgolm yaqinidagi Xeleneborg fabrikasida nitroglitserin tayyorlashda foydalanilgan omborxona portlab ketdi. Fojia oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Ularning orasida Nobelning kichik ukasi Emil ham bor edi. Shunday bo‘lsa-da, Nobel portlovchi moddalar ustida ishlashdan qaytmadi. Natijada, 1867 yilda o‘zining bir yil oldin qilingan kashfiyoti – dinamit uchun patent oldi.

O‘z ixtirosini tanitish yo‘lida u ommaviy namoyishlar o‘tkazdi, uning qanday ishlashi haqida ma’ruzalar o‘qidi. Nobelning bu kashfiyotiga qiziqish tobora kuchayib bordi. Dinamit Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniyada patentlandi hamda tog‘-kon sanoati, xalqaro darajadagi transport tarmog‘i qurilishida keng qo‘llanildi. 1875 yilda dinamitdanda barqaror va kuchliroq portlovchi moddani kashf etdi, oradan o‘n ikki yil o‘tib ballistitni patentladi.

1888 yilda muxbirlarning xatosi tufayli gazetalarda Nobelning vafoti haqidagi xabarlar tarqaldi. Aslida, Alfred emas, uning akasi Lyudvik Nobel olamdan o‘tgandi. Bu voqea Alfredga qattiq ta’sir qildi. U haqda matbuotda “qonga botgan millioner”, “portlovchi o‘lim savdogari”, “dinamit qiroli” kabi nomlar bilan yoza boshlashgach, u insoniyat tarixida “dunyo miqyosidagi qotil” sifatida qolmaslik uchun harakat qilishga qaror qildi.

Alfred Nobel ellik bir yoshida Shvesiya Qirollik Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylandi, oltmish yoshida esa Shvesiyadagi Uppsala universiteti faxriy doktorligi darajasini oldi. Dinamit ishlab chiqarish, shuningdek, boshqa sohalardagi daromaddan talaygina pul jamg‘ardi. U hatto 1889 yildagi Xalqaro tinchlik kongressida ham qatnashdi.

1891 yilda Italiyaga ballistit sotgani uchun “Fransiyaga xiyonat qilganlikda” aylandi va Parijdan Italiyadagi San-Remo shahriga ko‘chib o‘tdi. Ulkan kashfiyotlar muallifi 1896 yilning 10 dekabrida, 63 yoshida o‘zining villasida miyaga qon quyilishidan vafot etdi.

Nobel dramaturg bo‘lganmi?

Alfred Nobel umri davomida yolg‘iz o‘tdi. U o‘rta va oliy ma’lumot haqidagi rasmiy hujjatga ega bo‘lmasa-da, dunyoning olti tilida bemalol so‘zlasha olardi. Uning dramaturg sifatidagi faoliyati hayotidagi kam o‘rganilgan jihatlardan biri hisoblanadi. Nobelning yagona pesasi – “Nemezida” vafotidan biroz avval nashr etilgan.

Biroq Parijda 1896 yilda chop etilgan mazkur asar uning o‘limidan keyin yo‘q qilindi. Asarning bor-yo‘g‘i uch nusxasigina saqlanib qoldi. Chunki cherkov mazkur pesani dinga qarshi asar sifatida baholagandi. Birinchi nashrning bu nusxalari Shvesiyada 2003 yilda e’lon qilindi. 2005 yilda, yozilganidan 109 yil o‘tib, Stokgolmda mazkur spektaklning premerasi bo‘lib o‘tdi.

Nobel umri davomida har qanday urushlarga qarshi chiqadigan, tinchlikni passiv ravishda targ‘ib qiladigan kishilar harakati – patsifizmga amal qilib keldi. Birinchi pulemyot yaratuvchisi Richard Gatling kabi u ham dushmanlar o‘zlarini bir lahzadayoq yo‘q qilishlari mumkin bo‘lgan qurolga ega bo‘lishsa, urushdan hech narsa yutmasliklarini tunishib yetadilar hamda mojaroga barham beradilar deb hisoblagan.

Alfredning nomi tarixda qoldi

1895 yilda Parijdagi Shved-norveg klubida Alfred Nobel o‘z vasiyatini imzoladi. Unga ko‘ra, merosining katta qismi – qariyb 31 million shved markasi fizika, kimyo, tibbiyot, adabiyot va tinchlikni mustahkamlashdagi faoliyati uchun beriladigan mukofotni ta’sis etuvchi muassasaga o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Nobelning vasiyatida mazkur mukofotni taqdim etishda, uning xohish-istagi sifatida, nomzodning millati ahamiyat kasb etmay, mukofotni ular qay millat vakili bo‘lishidan qat’i nazar, eng munosiblar qo‘lga kiritishi ta’kidlandi. 1969 yilda Shved banki tashabbusi bilan iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel xotira mukofoti ham ta’sis etildi. U norasmiy tarzda “Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti” nomini oldi.

Alfred Nobelning nomi boshqa sohalarda ham abadiy qoldi. Mendeleev davriy jadvalidagi atom raqami 102 bo‘lgan sintezlangan kimyoviy element ham Nobel sharafiga “Nobeliy” deb nomlandi. 1970 yilda Xalqaro astronomiya ittifoqi Alfred Nobel nomini Oydagi kraterlardan biriga berdi. 2018 yilda Bokuda Alfred Nobel tavalludining 185 yilligi munosabati bilan haykal o‘rnatildi. Uning xotirasini abadiylashtirish jarayoni davom etmoqda.

Dilshod BORATOV,
O‘zbekiston Milliy universiteti
Tarix fakulteti talabasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umri davomida 355 ta kashfiyot qilgan olimni bilasizmi?