Umrga teng ertak
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida samarqandlik mo‘yqalam ustasi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Nikolay Sultonovning “Umrga teng ertak” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Rassomning rangtasvirda ishlangan san’at asarlari ko‘pchilikka tanish. Ayniqsa, “Bibixonim va nabiralari”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur”, “Amir Temur Sharq olimlari bilan mashvaratda” kabi tarixiy asarlari san’at ixlosmandlari e’tiboriga tushgan.
“Umrga teng ertak” ko‘rgazmasida rassomning 45 ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, bu yerga tashrif buyurganlar ijodkor tomonidan yaratilgan “Fleytachi Santa”, “Xol-xol gulli bola”, “Sovuq” kabi spektakl qahramonlari obrazidagi qo‘g‘irchoqlarni ham tomosha qilishlari mumkin.
Ko‘rgazma 10 mayga qadar davom etadi.