18 noyabr – Ummon mustaqilligi kuni

Bugun – 18 noyabr sanasida Arabiston orolining janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat – Ummon Sultonligi o‘z mustaqillik bayramining 50 yilligini keng nishonlamoqda.  

Ushbu Milliy bayramda ummonliklar mamlakat taraqqiyotining sababchisi bo‘lgan marhum Sulton Qobus bin Said bin Taymurni yod etadilar.

U turli sohalarda rivojlangan zamonaviy davlatga asos solgan.  Sulton Qobus bin Said 2020 yilning 11 yanvarida vafot etdi. Bu kuni podshohlik oilasi kengashi marhum Sultonga bo‘lgan hurmat va minnatdorchilik  ifodasi sifatida Sulton Haysam bin Toriq hazrati oliylarini tasdiqlash qarorini qabul qildi. Shu tariqa Ummonda hokimiyat almashinuvi hech qanday muammolarsiz silliq o‘tdi. Sulton Haysam bin Toriq hokimiyatni egallaganidan keyingi dastlabki o‘n oy ichida, "Ummon nigohi- 2040" bilan hamqadam bo‘lish maqsadida, davlatning boshqaruv apparatini qayta qurib, turli sohalarni qat’iy iroda va tinimsiz qat’iyat bilan yangilashga erishdi.  

Ummon Sultonligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar tarix kabi qadimiydir. Bu borada buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o‘zining “Mezon ul-avzon” asarida ummonlik olim, aruz ilmi asoschisi Xalil bin Ahmad al-Farahidiyni maqtab, u haqida iliq fikrlar bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining tarixiy, geografik va diniy aloqalari, Sultonlik bilan munosabatlarda yanada ishonchlilikni ta’minlaydi.O‘zbekiston Sultonlik bilan o‘ziga xos aloqalarga ega davlatlardan. O‘zbekiston Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm kabi mashhur shaharlarining nomlari, Islom tarixida o‘zining ilmiy ishlari bilan yorqin iz qoldirgan Buxoriy, Xorazmiy, Beruniy, Nisoiy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Termiziy va boshqa olimlari bilan ham har bir musulmon, shu jumladan, ummonliklar joy egallagan.

Yangi davrga kelsak, Ummon Sultonligi O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini 1991 yil dekabrida tan oldi va ikki mamlakat o‘rtasida 1992 yilning 22 aprelida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. O‘zbek-Ummon munosabatlari doimiy o‘sishi va rivojlanishi bilan ajralib turadi. Ularning poydevorlariga marhum Sulton Qobus bin Said va marhum Prezident Islom Karimov asos solgan. Bunga Prezident Islom Karimovning 2009 yilning oktyabr oyida Sultonlikka amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan.

Ummon Sultonligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslanadi. Xususan, ikki davlatning terrorizm, ekstremizm, qurol va giyohvand moddalarning tarqalishi, inson huquqlari, atrof-muhit va boshqa xalqaro masalalar bo‘yicha o‘zaro qarashlar bir-biriga mos keladi. Ikki davlat turli sohalarda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun qattiq harakat qilmoqda. Xususan, Ummon Sultonligining 2010 yil aprel oyida O‘zbekistondagi elchixonasi ochilgandan keyin bu harakatlar yanada jadallashdi.

Ummon Sultonligi va O‘zbekiston Respublikasi nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishda va mintaqaviy hamkorlikka yo‘naltirilgan tamoyilga tayanadilar. Mamlakat so‘nggi o‘n yilliklar davomida Yaqin Sharq va dunyoda xavfsizlik va barqarorlikka erishish, zo‘ravonlik, mojarolar va urushlarga qarshi, rivojlanish va tinchlik madaniyatini targ‘ib etuvchi tamoyilni shakllantirdi. Sultonlik nizo chiqaruvchi tomonlar bilan yaxshi munosabatlari tufayli, ko‘pgina nizo va mojarolarni tinchlik yo‘li bilan hal etdi.

Bundan tashqari, Sultonlik urush, qotillik va vayronagarchiliklarga olib keladigan va rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan ko‘plab nizolarni hal qilishda muvaffaqiyatga erishdi. Shuningdek, Ummon Sultonligi boshqalar fikrini qabul qilish madaniyati, turli millatlarni tinch-totuv yashashi va nizolashgan tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot uchun munosib sharoit yaratish, nizolarni tugatish va tinchlikka erishishning eng samarali usuli, deb hisoblaydi.

Shu nuqtai nazardan, Ummon Sultonligi O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida 2019 yil 21 oktyabrida mushtarak qadriyatlarni yoyish, mamlakatlar, madaniyatlar, xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va tinch-totuv yashashni targ‘ib qilish, nafrat va murosasizlikni rad etish maqsadida "Bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik: Ummon Islom risolasi" nomli ko‘rgazmasini o‘tkazdi.

Ummon Sultonligining tashqi siyosati ob’ektivlik, neytrallik, xalqaro huquq me’yorlarini hurmat qilish, boshqalarning ishlariga aralashmaslik, davlatlarning yaxlitligi, suvereniteti va barqarorligini saqlab qolish, bir tomon manfaati evaziga boshqa tomonga noxolislik qilmaslik bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston  Respublikasi ham xudi shunday o‘rinni(pozitsiyani) egallagan. U ham nizolashgan tomonlarni yarashtirish uchun hakamlik(vositachilik) qilib, xolis va samimiy harakatlarni amalga oshiradi. Bundan maqsad, mintaqada tinchlik o‘rnatish va qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishdir. 2016 yil Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan so‘ng O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati dunyoning barcha davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholandi. Xususan, uning Afg‘onistondagi nizolashgan tomonlar o‘rtasida muloqot va muzokaralar diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlashi, hamda afg‘on xalqining o‘nlab yillar davomida boshdan kechirgan azob-uqubatlarning barcha turlarini tugatish va bu yurtda tinchlik qaror topishi borasidagi muhim roli barcha tomonidan e’tirof etildi.

2009 yil Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosini qurishda o‘z hissasini qo‘shish uchun marhum Sulton Qobus bin Said hazratlarining buyruqlari chiqdi. Bu Hazrati oliylarining din, fiqh, tarix, astronomiya, matematika va boshqa ilmlarning rivojiga xizmat qilgan va muhim rol o‘ynagan, shu yurtdan yetishib chiqqan olimlarga hurmat va e’tibori ramzi edi. Bu ilmiy dargoh qadimiy qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlardan iborat madaniy xazinaga egadir. Marhum Sulton O‘zbekiston Respublikasi bilan mavjud madaniy va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun bu loyihani amalga oshirishga qaror qildi. 2018 yilning mart oyida ushbu institutning yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etgan Ummon delegatsiyasiga Sulton Haysam bin Toriq Ol Said Hazrati Oliylari rahbarlik qildi.

2009 yilda o‘zbek-ummon investitsiya fondini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Qo‘shma investitsion kompaniya O‘zbekistonning rivojlantirish ishiga hissa qo‘shmoqda, xususan kompaniya 2016 yilda 100 million dollar sarmoya kiritdi va 2017 yilda yana 100 million dollarlik qo‘shimcha mablag‘ orqali sarmoyasini oshirdi. 2019 yilga kelib, ko‘chmas mulk, investitsiyalar, konsalting va kapital bozorlari bo‘limlari ochildi. Ma’lumot uchun, kompaniya 2020 yili investitsion kompaniyalar orasida aktivlarni boshqarish bo‘yicha eng ilg‘or kompaniya sifatida tan olindi.

Kompaniya yordami bilan mamlakatimizda eng yirik bosmaxona va qadoqlash korxonalaridan biri tashkil etildi. O‘rta Osiyoda yirik metall konstruksiyalar uchun birinchi va yagona issiq galvanizatsiyalash zavodi tashkil etildi. O‘zbekistondagi eng yirik temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodi qurildi. Yuqori sifatli meva va sabzavotlarni tayyorlaydigan va qayta ishlab chiqaradigan fabrika tashkil etildi. Toshkentda aeroportining yangi binosi qurilishi va butun mamlakatning temir yo‘llari uchun mo‘ljallangan mayda toshlar(shag‘al)ni ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi zavodlardan biri qurila boshlandi.

O‘zbekistonda birinchi moliya va lizing kompaniyasi tashkil etildi, u orqali “UzOman”kompaniyasi kichik bitimlarni moliyalashtirmoqda.  

O‘mUmmon Sultonligi ulkan sayyohlik salohiyatiga ega. Sultonlik ko‘plab qadimiy obidalar, sayyohlik qadam joylarga ega bo‘lganligi bilan o‘ziga xos bo‘lib, o‘zining sayyohlik yo‘nalishlari bilan dunyoda ajralib turadi. Poytaxt Masqat Sultonlikning eng muhim shaharlaridan biri hisoblanadi. Shahar ko‘plab turistik joylar, jumladan, tarixiy yodgorliklar, arxeologik binolar, tarixiy darvozalar, qadimiy bozorlar va boshqa obidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu Ummon turizmining yorqin namunasidir.

Mamlakatning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Sultonlikning “Sayyohlik kelinchagi" bo‘lmish Salalani yoddan ko‘tarmasligimiz kerak. Salala Ummonning eng go‘zal shaharlaridan biri hisoblanadi. U maftunkor sayyohlik joylari va tabiiy mintaqalarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bularga Darbat vodiysi, Mag‘sil sohili va bir qator tarixiy yodgorliklarni misol qilib keltira olamiz.

Qum tepaliklarida chodir tikishni va yulduzlar to‘la osmon ostida tunni o‘tkazishni sevadiganlar uchun, Sultonlikdagi oltin qumli sahrolar, ayniqsa, sharqiy mintaqadagi Vahiba cho‘li ayni muddaodir. Shular bilan birgalikda, Doxiliya mintaqasida qal’alar, bog‘lar, qadimiy bozorlar va boshqa ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan tarixiy joylarga ega bo‘lgan, go‘zal va qadimiy shaharlardan bo‘lmish Nizva va Bahla joylashgan. Bularga qo‘shimcha ravishda, Ummon Sultonligidaal-Jabal al-Axdar" ("Yashil tog‘") deb nomlanuvchi betakror ob-havoga ega va doimo yam-yashil kasb etgan tog‘ joylashgan. Bu tog‘, yashil zinapoyalari bilan birga, Arab ko‘rfazining boshqa hech qaysi mintaqasida o‘smaydigan anor, shaftoli, o‘rik, yong‘oq va atirgul kabi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xilma-xilligi bilan ham mashhurdir. Tog‘ning balandligi 3000 metr (10 ming fut) bo‘lib, poytaxtdan taxminan 170 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tog‘ o‘ziga xos iqlim sharoiti sababli Arab ko‘rfazida yagona hisoblanadi. U yerdagi iqlimni boshqa Arab ko‘rfazidagi mamlakatlarda uchratib bo‘lmaydi. U yozda mo‘’tadil harorati, qishda esa qattiq sovuq ob-havosi bilan ajralib turadi.

Bir so‘z bilan aytganda, hamkorlik uchun yo‘nalishlar bisyor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ummon O‘zbekiston bilan hamkorlikka talpinadi