Umidli sportchilar maskani
Buxoro shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida stol tennisi, boks, qilichbozlik, turon yakka kurashi, shotokan karate-do, taekvondo WTF kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ularda 700 dan ziyod o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda.
Shotokan karate-do bo‘limiga 35 nafar yoshlar jalb etilgan. Murabbiy Mavlon Qayumov boshchiligida shotokan karate-do sirlarini puxta o‘zlashtirayotgan sportchi-yoshlar qator musobaqalarda yaxshi natija ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, 14 mart kuni poytaxtda o‘tkazilgan “Azamat-Karim” sport sog‘lomlashtirish markazi karate klubining ochiq chempionatida maktab sportchilari viloyat terma jamoasi safida ishtirok etdi. Terma jamoa musobaqada 38 ta medalni qo‘lga kiritdi. 10 ta medal ushbu maktab sportchilari hissasiga to‘g‘ri keldi.
[gallery-1701]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA