An’anaviy “Umid nihollari” sport musobaqalarining Toshkent viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

 Shu munosabat bilan Olmaliq shahrida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimligi vakillari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari, soha mutaxassislari va yoshlar qatnashdi.  

Tadbirda musobaqada qatnashgan hududdagi 509 nafar o‘quvchi va 51 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchi - murabbiylariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Xususan, Angren shahar vakillari Prezident sovg‘asi — “Damas” rusumli avtomashina bilan taqdirlandi. Ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

– Bu yilgi sport o‘yinlari dasturidan milliy kurash o‘rin olgani ayni muddao bo‘ldi, – deydi viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azamat Kamolov. – Biz “Umid nihollari”da ko‘plab iste’dodli yosh polvonlarni kashf qildik. Bu gal musobaqaning barcha bosqichlarida jami 40 ming nafardan ortiq yigit-qiz ishtirok etdi.  

Shuningdek, musobaqa doirasida umumjamoa bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rin Bekobod tumani sportchilarga, uchinchi o‘rin esa Qibray tumani yoshlariga nasib etdi. Ularga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda namoyish etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.  

A.Musayev,  O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umid nihollari – 2022: Angrenlik yoshlar viloyatda birinchi