Joriy yil oktyabr oyida muhim siyosiy tadbir – Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi saylov avvalgilaridan farq qiladi. Chunki xalq vakillari birinchi marta aralash tizim asosida saylanadi. Albatta, raqobat ham shunga yarasha kuchayadi. Negaki joriy yildagi saylovlarda nafaqat partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarga, balki siyosiy partiyalarning o‘ziga ham ovoz beriladi. Shu orqali ularning faoliyati xolis va haqqoniy baholanadi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 5 yillik faoliyati xususida O‘zA muxbiri partiya Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatovning fikrlariga qiziqdi.

- O‘tgan besh yil ichida partiyangiz dasturida belgilagan maqsadlarning qanchasi, qay darajada ro‘yobga chiqdi? Bu yilgi saylovga Xalq demokratik partiyasi qanday amaliy ishlar bilan kirib bormoqda?

– Bu yilgi saylovda raqobat yanada kuchayadi, siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlar uchun haqiqiy sinov maydoni bo‘ladi. Aralash saylash tizimiga o‘tish jamiyatimizda, boshqaruvda siyosiy partiyalarning ta’sirini oshirishga xizmat qiladi. Savolingizga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan davrda O‘zbekistondagi yangicha islohotlar sharoitida partiyamizning dasturiy g‘oyalari va maqsadlari ham chuqurlashdi. Kuchli ijtimoiy siyosat g‘oyasi XDPning eng asosiy, o‘zgarmas va doimiy ravishda ilgari suradigan g‘oyasi hisoblanadi. 

O‘tgan 5 yillik faoliyatimiz davomida ana shu maqsad yo‘lida yaxshi natijalarga erishdik, deb ayta olamiz. 

Asosiy muvaffaqiyatlardan biri – partiyamiz uzoq yillar davomida ilgari surib kelgan tashabbusi amalga oshdi – yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga ko‘ra, O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida e’tirof etildi va davlat fuqarolar oldida mas’uliyati kuchaytirildi. Aytish kerakki, partiyamiz ilgari surayotgan g‘oya va maqsadlar ayrim qatlam toifasi uchungina emas, hamma uchun birdek manfaatli ekanligi imkoniyatlarimizni yanada kengaytiradi.

Siyosiy kuch sifatida hukumat oldiga elektorat manfaatlaridan kelib chiqqan holda dolzarb masalalar olib chiqilmoqda. 2019 yilgi Saylovoldi dasturimizda 82 ta g‘oya va maqsad ilgari surilgan edi. Hozirga qadar ularning 70 dan ortig‘i turli darajada amalga oshdi.

Partiyamiz o‘zining huquq va vakolatlaridan foydalanib, xalqimiz va elektoratimiz manfaatlarini himoya qilish maqsadida  qator loyihalarni amalga oshirdi. 

Saylovdan keyin 12 asosiy  qadam belgilab olingan edi. Ularga qanday erishilayotgani haqida aniq raqamlar bor. Masalan, minimal iste’mol xarajatlari joriy etildi. 2022 yildan boshlab belgilangan eng kam iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi kambag‘allik mezoni va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritish uchun asos sifatida qo‘llanilib kelinmoqda.

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Bu nogironligi bor yurtdoshlarimizning ta’lim, tibbiy yordam olishi, hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyatga ega.

Fuqarolarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Birlamchi ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy xizmatlar uchun xarajatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarilishi joriy qilindi. Ayollarga pensiya tayinlashda bolani parvarishlash ta’til davri 3 yildan 6 yilga o‘zgartirildi.

Bunday ijobiy natijalar haqida uzoq gapirish mumkin. Lekin hali oldimizga qo‘yilgan maqsad-vazifalar ko‘p.

- Bugungi kunda jamiyatimizni yanada rivojlantirishda nimalarga alohida e’tibor qilish kerak?

– Farzandlarimiz kelajagiga, shaxsiy rivojlanishga ko‘proq e’tibor qaratishimiz zarur. Xalq, millat sifatida ilg‘or mamlakatlardan ortda qolmaslik juda muhim. Sportimizga o‘xshab har bir soha doimiy yuksalishda bo‘lishi lozim. Davlat va jamiyatning rivojlanganlik darajasini ko‘rsatadigan qator ko‘rsatkichlarda hali vazifalarimiz qamrovi katta.

Muhokamalar, fikrlar ko‘paydi, bu juda yaxshi. Shu bilan birga, hali jamiyatimizda jamoaviy qaror qabul qilish, jamoaviy iroda ko‘rsatishda o‘sishimiz kerak bo‘lgan jihatlar yetarlidir. 

Yana bir muammo. Jamiyatimizda aslida arzimaydigan narsalarga ko‘p resurs sarflanayapti. Yillar davomida yig‘inib to‘y qilayapmizu, lekin farzandimizning bilim olishi, tarbiyalanishi uchun sharoit yaratib bera olmayapmiz. Ammo vaziyat tez o‘zgarayapti, farzandlarining sharoiti, bilimi uchun e’tiborni kuchaytirayotgan oilalar ko‘paymoqda. Bolasiga mashina olib berganidan ko‘ra, xalqaro til sertifikati olishiga ko‘maklashganidan ko‘proq quvonadigan ota-onalar soni ortayapti. Bu jamiyatimizning katta muvaffaqiyati bo‘ladi, deb ishonaman. 

- Ulug‘bek Ilyasovich, bu yilgi saylovda XDP dasturidan qanday tashabbuslar o‘rin olmoqda?

- Dasturimiz e’lon qilinmaguncha undagi tashabbuslar haqida ko‘p to‘xtalishni istamayman. Lekin ba’zi birlarini aytib o‘tishim mumkin. Masalan,

– davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki jarima bo‘yicha tushumlarni to‘liqligicha Davlat byudjetiga yo‘naltirish;

– ijro hokimiyati tomonidan muhim ijtimoiy qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda hamda davlat fuqarolik xizmatida “nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvota” joriy etish kabi takliflar o‘rin oladi. Bu masalalar juda muhim.

– Keyingi yillarda parlament ancha o‘zgardi. Jonli efirlar, achchiq savol-javoblar kuchaydi. Parlament nazoratini amalga oshirish, qonunchilik takliflarini ilgari surish tartibi, qabul qilish jarayoni takomillashdi. Xalq demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi qanday faoliyat olib borayotgani ko‘pchilikka qiziq... 

– Partiya dasturidagi vazifalarning ijrosini ta’minlashda fraksiyaning o‘rni katta. G‘oyalarimiz amalga oshishi, qonunlarda aks etishi ko‘p tomondan fraksiya faoliyatiga bog‘liqdir.

Ana shunday muhim pallada 22 nafar deputatdan iborat fraksiyamiz qonun ijodkorligi jarayonida faol qatnashdi, fraksiyalararo sog‘lom tortishuv sezilarli darajada oshdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi 2020-2024 yillarda jami 31 ta qonun loyihalari tashabbuskori bo‘ldi. Shuningdek, 116 ta Parlament nazorati tadbirlari, jumladan, o‘nlab «Parlament eshituvi» o‘tkazildi. Saylovchilar bilan uchrashuvlarda va fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni hal etish uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga 15 marotaba «Parlament so‘rovi» yuborildi.

Fraksiya a’zolari boshqa fraksiyalar bilan birgalikda 20 ga yaqin qonun loyihasiga ham tashabbuskor bo‘ldi.

Yana bir misol: partiyamiz Saylovoldi dasturida ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga bola 3 yoshga to‘lguncha ta’tilda bo‘lish vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblanishiga erishish tashabbusi ilgari surilgan edi. Biz parlament minbaridan turib, mamlakatda ayollar haq-huquqlarini ta’minlash, onalar hurmatini joyiga qo‘yish uchun dadil kurashdik. Maqsadimizga yetmaguncha qo‘ymadik. Ya’ni tashabbusimiz asosida 2022 yil 9 fevralda «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil, degan o‘zgartirish kiritildi. Bunday qonunchilik tashabbuslari haqida ko‘p misollar keltirish mumkin, albatta. 

Bugungi kunda fraksiya a’zolari har oyning oxirgi haftasida saylov okruglariga chiqib, aholi va saylovchilarni tashvishga solayotgan muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borayotgani kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda odamlarni rozi qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida ham Xalq demokratik partiyasi katta kuch va salohiyatga ega. Ana shu imkoniyat XDP foydasiga ishlayaptimi? Ya’ni mahalliy Kengashlarda XDP imkoniyatlardan qay darajada foydalanmoqda? 

– Raqamlarni tahlil qilgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi guruhlarimiz, hududiy partiya tashkilotlarimizning faoliyati ham samarali bo‘ldi, deya olamiz.

2023 yilda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari tashabbusi bilan Saylovoldi dasturi ijrosiga qaratilgan 700 dan ortiq masalada davlat organi rahbarlarining hisoboti tinglandi. Joylardagi deputatlarimiz tomonidan mahalliy Kengashlar kun tartibiga 879 ta ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bilan bog‘liq takliflar kiritilgan va qarorlar qabul qilingan. 

Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va tibbiyotga e’tiborni kuchaytirish, ijtimoiy himoyani takomillashtirish masalalari Xalq demokratik partiyasi uchun prinsipial siyosiy ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqib, bu yo‘nalishda muntazam ravishda monitoring ishlarini olib bordik, hududlarda aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni sessiyalar va doimiy komissiyalar muhokamasiga olib chiqayapmiz.

Ammo muammolar ham oz emas. Kengashlarga hokimlar boshchilik qilishi ko‘p joylarda deputatlarga, yangi tashabbuslarga xalaqit berdi, to‘g‘risi. Nihoyat bu masalada muhim qadam qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu yilgi saylovdan keyin Toshkent shahri va viloyatlarda, 2026 yildan esa tuman (shahar)larda Kengashga hokimlar rahbarlik qilolmaydi. Shu demokratik o‘zgarish mahalliy Kengashlarning ahamiyatini oshiradi. Hududlardagi deputatlarning so‘zi o‘tkirroq bo‘ladi.

– Bugungi kunda hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlarga nisbatan partiyaning munosabati qanday? 

– Suhbatimiz avvalida aytganimdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz tashabbusi bilan o‘nlab «Parlament eshituvi» o‘tkazildi. Biz dasturiy maqsadlarimizga, elektoratimiz manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan savollarimizni, pozitsiyamizni eshituvlar davomida muntazam berib boramiz. Mamlakatimiz, jamiyatimizdagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha XDPning o‘z pozitsiyasi va qarashlari bor, albatta.

O‘zbekistonda istiqbolda kambag‘allikni ikki barobar qisqartirish ko‘zda tutilmoqda. Bu juda katta va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan marra.

Shuningdek, partiyamiz bugungi kundagi eng muhim vazifalar, ya’ni uy-joy masalasini hal etish, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish, qishloq joylardagi aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, barcha uchun ta’limda teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Keyingi yillar davomida bu yo‘nalishda amalga oshirilgan loyihalardan, birinchi navbatda, bizning elektorat, ehtiyojmand qatlam manfaatdor bo‘ladi.

Xalq demokratik partiyasi iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga, ularni izchil davom ettirish bo‘yicha o‘z takliflari va siyosiy nuqtai nazarini bildirib boradi.

Yangi Saylovoldi dasturimizda bunga alohida e’tibor berilgan. Iqtisodiyotni isloh etish, davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha yurtdoshlarimizni o‘ylantirib kelayotgan masalalar yechimi bo‘yicha aniq takliflarimiz bor, albatta.

– O‘zbekistonda ijtimoiy himoya dolzarb bo‘lishiga qaramasadan ijtimoiy himoyani kuchaytirish tarafdori bo‘lgan Xalq demokratik partiyasi nega oxirgi saylovda avvalgilariga nisbatan kam deputatlik o‘rnini oldi?

- Parlament saylovida bo‘lishi mumkin, lekin mahalliy Kengashlarda juda yaxshi pozitsiyada turibmiz, ya’ni, takror bo‘lsa ham aytish mumkinki, 1600 ga yaqin deputatlik o‘rniga egamiz, bu katta natija. 

Bu yilgi saylovda biz hozirgi pozitsiyamizni yaxshilash uchun yetarlicha kuch va resursga egamiz. Xalq demokratik partiyasining haqiqiy kuchini joylarda ko‘proq yurgan, pastga tushgan odam ko‘proq biladi.

– O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iqtisodiyotda davlat asosiy tartibga soluvchi bo‘lishi zarur, deb hisoblaydi. Bu yilgi dasturda shu yondashuv bo‘yicha qanday aniq takliflar bo‘ladi?

– Bu biz uchun prinsipial masala. Har bir dasturimizda bu bo‘yicha bizning aniq-ravshan, asoslangan takliflarimiz bo‘lgan. Bu galgi dasturimizda iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar ustidan davlat nazoratini saqlab qolish, ularni xususiylashtirishni qonun darajasida ta’qiqlash masalasini kiritmoqchimiz. Bizningcha, strategik ahamiyatga ega kompaniyaning xususiylashtirilishi, qaysi tomonda qaralgan taqdirda ham, noto‘g‘ri. Chunki nomining o‘zi aytib turibdi, u “strategik ahamiyatga” ega.

Qaysi vazirlik-idoralarning faoliyati partiya elektoratini qoniqtirmaydi?

– Har bir vazirlik-idoraning oldiga aniq missiya, vazifalar qo‘yilgan. Ularning to‘g‘ri va faol ishlashi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan juda muhim. 

Qaysidir davlat idorasiga e’tirozlar bo‘lishi ham tabiiy jarayon. Misol uchun, hukumatning nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasida olib borayotgan ishlarida kamchiliklar kuzatilayapti. 2020 yilda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari bajarilishi qiyin bo‘layapti. Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, yo‘llar nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun moslashmagan. Uzoqqa bormaylik: poytaxt misolida oladigan bo‘lsak, 85 foiz ob’ektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ham zimmasidagi vazifani yaxshi bajara olmayapti. Tartibsiz qurilishlar, uy-joy qurilishining sifati va narxi bo‘yicha muammolar ko‘rinib turibdi. Qurilishga jalb qilingan aholi mablag‘lari firibgarlardan muhofaza qilinmagani, qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz uy uchun yiqqan mablag‘idan ajralib qoldi. Toshkent shahrida, Farg‘ona viloyatida va boshqa hududlarda ham bunday holatlar kuzatildi. Vazirlik vaziyatni tahlil qilib, yuzaga kelayotgan muammoli holatlar bo‘yicha yechim taklif qilganida vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

 Masalan, aholi mablag‘larini himoyalash uchun “Eskrou” tizimi joriy etilishi kerak edi. Bu – ulush kiritish asosida uy-joy qurilayotganda uy-joy uchun qilingan to‘lov turar-joy bitganidan keyin to‘lanadigan tizimdir.

Yana bir mavzuga ham to‘xtalmasak bo‘lmaydi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi Pensiya jamg‘armasining faoliyati zamonga moslashishi zarur. Mamlakat aholisining ijtimoiy himoya bilan bog‘liq eng muhim manbalaridan bo‘lgan bu tizim shaffof ishlashi dolzarb ahamiyatga ega. Mablag‘larni boshqarishda fuqarolar, pensionerlar ishtirok etishi kerak. Mablag‘lar past stavkada qayta hisoblanishi ham muammoli holat. Aslida jamg‘arib borilayotgan mablag‘larni pensionerning o‘zi boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Vaqt ajratib intervyu berganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

– Sizlarga raxmat!

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulug‘bek Inoyatov: "PARTIYAMIZ G‘OYALARI HAMMA UCHUNDIR!"